| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ismoiljon Muhammadjonovich Malikov | ||
| Tavallud sanasi | 1973-yil 19-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Qirgʻiziston | ||
| Ampluasi | Hujumchi, himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1991 | Navroʻz (Andijon) | 47 | (8) |
| 1992 | Spartak (Tokmak) | 5 | (0) |
| 1992—1995 | Navroʻz (Andijon) | 86 | (10) |
| 1995 | Dinamo (Oʻsh) | 5 | (1) |
| 1997 | Navroʻz (Andijon) | 4 | (0) |
| 1999 | Jashtik Ak-Altin | 18 | (16) |
| 2000 | Dinamo-Alay (Oʻsh) | 19 | (10) |
| 2002—2009 | Jashtik Ak-Altin | ? | (10) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Ismoiljon Mahamadjanovich Malikov (1973-yil 19-yanvar, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻizfutbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻyin boradi. 1999-yilgi Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Biografiya
Ilmoiljon Malikov 1973-yilning 19-yanvar sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.
Sport faoliyati
Ismoiljon Malikov SSSR chempionatining so‘nggi mavsumida Andijonning „Navro‘z“ klubi uchun ikkinchi liga bahslarida o‘ynay boshlaydi. SSSR parchalanib ketganidan keyin ham bir necha yil davomida „Navroʻz“ klubi safida Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlarini davom ettiradi. 1992—1997-yillarda oliy ligada umumiy hisobda 90 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik qisqa fursat ichida Qirgʻiziston chempionatida ishtirok etuvchi klublar safiga oʻtadi — 1992-yilda „Spartak“ (Toʻqmoq), 1995- yilda esa „Dinamo“ klubi bilan (Oʻsh) oʻyinlarda maydonga tushadi.
1990-yillar oxiriga kelib Malikov Qirgʻizistonga qaytib keladi. 1999-yilda „Jashtik-Ak-Altin“ (Yoshlik-Oq-Oltin) jamoasi tarkibida o‘ynaydi va jami 16 ta gol bilan Qirg‘iziston chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topiladi. Ushbu oʻyinlarda Malikov jamoasi bilan birgalikda chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritadi. Keyingi yili futbolchi „Dinamo-Oloy“ (O‘sh) jamoasida o‘yinlarini davom ettiradi va Qirg‘iziston kubogi finaligacha yetib borgan holda va umumiy 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purar futbolchisi deb topiladi.
2002-yildan 2010-yilga qadar Malikov „Jashtyk-Ak-Altyn“ tarkibida toki jamoa tarqab ketmagunga qadar oʻyin olib boradi.
Yutuqlari
- Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioni: 2003
- Qirgʻiziston Premyer-ligasi kumush medal sohibi: 2002
- Qirgʻiziston Premyer-ligasi bronza medal sohibi: (5) 2004, 2005, 2006, 2007, 2009
- Qirg‘iziston kubogi finalchisi: (6) 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2008
- 19-yanvarda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Qirgʻizistonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Andijon klubi futbolchilari
- Oq-Maral FK futbolchilari
- FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari
- Dinamo Oʻsh klubi futbolchilari
- Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar