Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Irq bitigi“ (qadimgi turkiy tilda irq „fol“, irq bitigi – „fol kitobi“ degan maʼnoni bildiradi) – qadimni turkiy moniy muhitda yaratilgan sheʼriy asar. Asar Oʻ

Irq bitigi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„Irq bitigi“ (qadimgi turkiy tilda irq „fol“, irq bitigi – „fol kitobi“ degan maʼnoni bildiradi) – qadimni turkiy moniy muhitda yaratilgan sheʼriy asar. Asar Oʻrxun-Yenasoy yozuvlari tipida bitilgan va kitob holida saqlangan yagona asar hisoblanadi. U IX asrda yaratilgan, lekin ilm-fanga XIX asrga kelibgina maʼlum boʻlgan. Qo‘lyozma XIX asrning oxirda Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Asar tush va uning taʼbiriga bagʻishlangan. U Isig Sangun va Ite chuq ismli oʻgʻlonlarga atab yozilgan. Muallifi nomaʼlum. Asarni oʻzbek tilida ilk marotaba 1991-yilda Boqijon Toʻxliyev eʼlon qilgan.

Yana qarang

  • Taʼbirnoma

Adabiyotlar

  • Sodiqov Q. „Ilk va oʻrta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lugʻati“
Yuqori