- Vikipediyada ismi Ikromxon va familiyasi Najmiddinov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ikromxon Najmiddinov | |
|---|---|
Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov | |
| Mansab davri 17-sentyabr 2004-yil – 2009-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Toʻlqin Jabborov |
| Vorisi | Bahodir Yusupov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1951-yil Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent xalq xoʻjaligi instituti |
| Mukofotlari | |
Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov (tugʻ. 1951-yilda, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va davlat arbobi, 17-sentyabr 2004-yilda Namangan viloyatining hokimi etib tayinlangan.
Biografiyasi
Ikromxon Xoshimxonovich 1951-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. Kasbi boʻyicha buxgalter-iqtisodchi.
O‘zbekiston Respublikasi Faxriylarni ijtimoiy quvvatlash „Nuroniy“ jamoatchiligi Namangan viloyati bo‘limi Kengashi raisi.
2004-yil 17-sentyabrdan 2009-yilgacha Namangan viloyati hokimi.
2016-yili O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘lgan.
Mukofotlari
2017-yilda Prezident farmoniga asosan „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Ikromxon Najmiddinov 2021-yilda 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
2026-yil 75 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston senatorlari
