Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amethyst Amelia Kelly (talaffuzi: Ametist Ameliya Kelli; 7-iyun 1990-yilda tugʻilgan) Iggy Azalea (talaffuzi: Iggi Azaliya) taxallusi ostida tailgan avstraliyal

Iggy Azalea

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iggy Azalea
Azalea ACL musiqa festivalida (2014)
Azalea ACL musiqa festivalida (2014)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Amethyst Amelia Kelly
1990-yil 7-iyun (1990-06-07) (36 yosh)
Sidney, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Janrlar Hip hop
Kasbi
  • Reper
  • qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • model
Faoliyat yillari 2011 – hozirgacha
Leybllar
  • Bad Dreams
  • Empire
  • Island
  • Virgin EMI
  • Def Jam
  • Grand Hustle
  • Mercury
Fuqaroligi Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
AQSH bayrogʻi AQSH
Hamkorligi
  • T.I.
  • Tinashe
  • Tyga
  • Charli XCX
Veb-sayt iggyazalea.com
Imzosi

Amethyst Amelia Kelly (talaffuzi: Ametist Ameliya Kelli; 7-iyun 1990-yilda tugʻilgan) Iggy Azalea (talaffuzi: Iggi Azaliya) taxallusi ostida tailgan avstraliyalik reperdir. 16 yoshida Azalea Avstraliyadan AQShga koʻchib oʻtadi. Azalea „Pussy“ va „Two Times“ qoʻshiqlari uchun olingan video kliplarni YouTubeda chiqarganidan soʻng, tezda shuhrat qozondi. Azalea amerikalik rapper T.I.ning leybli boʻlgan Grand Hustle bilan shartnoma imzoladi hamda oʻzining ilk Ignorant Art (2011) nomli mixtapesini chiqardi.

Azalea 2014-yilda ilk studiyaviy albomi boʻlmish The New Classicni ommaga taqdim etdi. Albom umumjahon boʻylab bir nechta chartlarda top beshtalikka kirdi, biroq tanqidchilar tomonidan aralash baholandi. Albom Billboard Top R&B/Hip-Hop Albums chartida yuqori pogʻonalardan oʻrin olib, buning ortidan Azalea albomi chartlarda yuqori oʻrin egallagan amerikalik boʻlmagan ilk ayol rapper boʻldi. Albomning „Work“ va „Fancy“ singllari AQShning Billboard Hot 100 chartida yuqori oʻrinlarni egalladi. Azalea va Ariana Grande birgalikda ijro etgan „Problem“ ashulasi „Fancy“ singlidan keyingi ikkinchi oʻrinni band etdi. Ushbu hit ashulalar bilan Azalea Hot 100 chartida bir vaqtda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni olgan artist sifatida qayd etildi, bunday natijaga bundan avval The Beatles guruhi erishgan. Qoʻshimcha ravishda, u bir vaqtda Hot 100 charti top oʻntaligiga kirgan yuqorida aytib oʻtilgan uchta hit ashula ijrochisi boʻldi.

Shu kungacha Azalea umumjahon boʻylab 70 million nusxada audioyozuvlarini sotdi, birgina AQShning oʻzida singllari 22 million dona sotildi.[manba kerak] Azalea koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta American Music Awards, uch marta Billboard Music Awards, bir marta MTV Video Music Award, bir marta People's Choice Award, toʻrt marta Teen Choice Awards va toʻrt marta Grammy Awardga loyiq topilgan. Azaleaning rasmiy YouTube kanalida umumiy koʻrishlar soni 3.4 milliardni tashkil etdi.

Filmografiyasi

  • 2015: Forsaj 7 (Fast and Furious 7)
  • 2017: Dare To Live

Diskografiyasi

Studiyaviy albomlar

Nom Tafsilotlar Chart oʻrni Sertifikatlar
AUS
CAN
IRE
NLD
NZ
SWE
UK
US
US
R&B/
HH
US
Rap
The New Classic
  • Reliz sanasi: 21-aprel 2014-yil
  • Leybl: Virgin EMI, Def Jam
  • Format: CD, LP, raqamli tarzda yuklab olish, streaming
2213583125311
  • ARIA: oltin
  • BPI: kumush
  • MC: oltin
  • RIAA: platina
In My Defense
  • Reliz sanasi: 19-iyul 2019-yil
  • Leybl: Bad Dreams, Empire
  • Format: CD, LP, raqamli tarzda yuklab olish, streaming, kasseta
52 –— – – –—502522
The End of an Era
  • Reliz sanasi: 13-avgust 2021-yil
  • Leybl: Bad Dreams, Empire
  • Format: CD, LP, raqamli tarzda yuklab olish, streaming
— – – – – –— – –—
„—“ belgisi ashula shu mamlakat chartiga chiqmaganligini bildiradi.

Mixtapelari

Nom Tafsilotlar
Ignorant Art
  • Reliz sanasi: 27-sentyabr 2011-yil
  • Leybl:
  • Format: raqamli tazda yuklab olish
TrapGold
  • Reliz sanasi: 11-oktyabr 2012-yil
  • Leybl:
  • Format: raqamli tarzda yuklab olish

Mukofot va unvonlar

American Music Awards

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2014 Iggy Azalea Artist of The Year Nomzodlikka qoʻyilgan
Yilning yangi rassomi Nomzodlikka qoʻyilgan
Sevimli ayol rassom – Pop/Rok Nomzodlikka qoʻyilgan
Sevimli ijrochi – Rap/Hip-Hop Gʻolib boʻlgan
"Fancy" (feat. Charli XCX) Yilning singlisi Nomzodlikka qoʻyilgan
The New Classic Sevimli albom – Rap/Hip-Hop Gʻolib boʻlgan

ARIA Music Awards

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2014 Iggy Azalea Eng yaxshi ayol rassom Nomzodlikka qoʻyilgan
The New Classic Murakkab ijodkor – Chiqarish Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi shahar albomi Nomzodlikka qoʻyilgan
„Fancy“ (feat. Charli XCX) Yil qoʻshigʻi Nomzodlikka qoʻyilgan
2015 „Trouble“ (feat. Jennifer Hudson) Nomzodlikka qoʻyilgan

Turnelari

  • The New Classic Tour (2014)
  • The Great Escape Tour (2015)
Yuqori