Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hurriyat (حریت) — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Ushbu gazeta yurtimizda 1917-yilning 16-aprelidan siyosiy, adabiy, iqtisodiy, ilmiy gazeta sifatida Samarqandda hafta

Hurriyat (gazeta)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hurriyat (حریت) — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Ushbu gazeta yurtimizda 1917-yilning 16-aprelidan siyosiy, adabiy, iqtisodiy, ilmiy gazeta sifatida Samarqandda haftasiga ikki martadan chiqa boshlagan. Jami 87 ta soni chop etilgan.

Tarixi

Gazetaning birinchi muharriri Akobir Shohmansurov bo‘lib, 9-sonidan 26-sonigacha Mardonqul Shohmuhammadzoda, 27-sonidan 87-sonigacha Abdurauf Fitrat muharrirlik qilgan. “Hurriyat”ning asosiy yozuvchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Said Ahmad Vasliy, Said Ahmadxo‘ja Siddiqiy, Said Rizo Alizoda va Hoji Muinlar edi. Shuningdek, Cho‘lpon, Sadriddin Ayniy, G‘ozi Yunus, Ufadan No‘shiravon Yavushev, Xayrunnos Aysin, Najib kabi ijodkorlar ham o‘z maqolalari bilan qatnashib turgan.

Faoliyati

Atoqli siymo Mahmudxo‘ja Behbudiy va Said Rizo Alizodalarning 12 tadan, Hoji Muinning 21 ta asari „Hurriyat“ sahifalarida e’lon qilingan. Abdurauf Fitratning esa, turli janrdagi 41 ta asari chop qilingan.

Faoliyatining tugatilishi

„Hurriyat“ Turkistonning bir viloyati – Samarqandda chiqsa ham, o‘sha paytda o‘lkaning markaziy gazetasi mavqeiga erishgan edi. Hurriyatning oxirgi – 87-soni 1918-yilning 30-aprelida chiqqan. Gazeta bolsheviklar hukumati tomonidan to‘xtatiladi.

Yuqori