Hojixon Boltayev (1902, Xonqa (hozirgi Yangiariq) tumani Qorchimon qishlogʻi 1987-yil, 8-dekabr, Chorjoʻy (Xonqa tumani qabristoniga dafn etilgan)) — xonanda, O‘zbekiston SSR xalq artisti (1969). Xorazm maqomchilik maktabining namoyandasi. Xorazm viloyati musiqali drama teatrida (1934—41, 1949—61), milliy estradada (1942—49), M. Xudoybergenov rahbarligidagi maqom ansamblida (1942—45) ishlagan. 1962—72-yillarda Urganch shahri madaniyat uyida oʻzi tashkil etgan maqomchilar ansamblining rahbari. Repertuaridan Xorazm maqomlari, suvoralar va boshqa yirik ashula yoʻllari oʻrin olgan. Jarangdor va yoqimli ovoz sohibi. Tovush kuchini ravon taqsimlash, avjlarga yengil chiqa borish va ularni uzoq saqlay olish Boltayev uslubiga xos. Boltayev toʻla ijro etgan Buzruk, Segoh maqomlari Sanʼatshunoslik instituti, koʻplab suvora va maqom yoʻllari Oʻzbekiston radiosi hamda Toshkent gramyozuv studiyasi tomonidan yozib olingan. Hojixon Boltayev Xorazm maqomchilaridan N. Yusupova, Q. Iskandarov, hofizlardan R. Jumaniyozov, K. Hojiyev, S. Avazov va boshqalarning ustozi. 1990-yildan Xorazmda Boltayev nomida xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.
- 1902-yilda tugʻilganlar
- Yangiariq tumanida tugʻilganlar
- 1978-yilda vafot etganlar
- 12-avgustda vafot etganlar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari