Himʼyariylar podsholigi - Jan. Arabistondagi davlat. Miloddan avvalgi I asrda vujudga kelgan. Milodiy I asrdan Janubiy Arabistonda hukmronlik mavqeiga ega boʻlish uchun Saba bilan kurashga kirishgan. IV asr boshida Janubiy Arabistonning butun hududini boʻysundirgan. VI asr boshida efioplar (habashlar), VI asrning 70-yillarida Sosoniylar tomonidan bosib olingan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Osiyo tarixi