Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hayitali Mamatqulovich Nizomiddinov (1946-yil, Yonboshtut qishlogʻi, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek teatr aktyori. Doʻstlik ordeni sohibi (2

Hayitali Nizomiddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hayitali va familiyasi Nizomiddinov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hayitali Mamatqulovich Nizomiddinov
Tavalludi 1946-yil
Yonboshtut qishlogʻi, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1968—hozirgacha
Mukofotlari

Hayitali Mamatqulovich Nizomiddinov (1946-yil, Yonboshtut qishlogʻi, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek teatr aktyori. Doʻstlik ordeni sohibi (2015). 1974–2000-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatrida 2000-yildan beri faoliyat yuritib keladi.

Tarjimayi holi

Hayitali Nizomiddinov 1946-yil Samarqand viloyatining Yonboshtut qishlogʻida (hozirda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani) ziyoli oilada tugʻilgan. Oilada oxirgi 12-farzand boʻlgan. Otasi Buxoro madrasalaridan birini tamomlagan va sovetlar hukmronligi davrida dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Hayitali Nizomiddinovning yoshligi Quytosh volfram-molibden koni yaqinidagi shu nomli shaxtyorlar shaharchasida oʻtgan. Maktab davrida otasidan arab yozuvini ham oʻrgangan. Rassomchilikka qiziqqan va „Mushtum“ jurnali uchun rasmlar chizgan. Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi 4-sonli maktabni 1963-yil bitirgan. Oʻsha davrda oliygohga oʻqishga kirishi uchun 2 yil ish staji talab qilingani uchun bir yil geologiya-ekspeditsiyasida va yana bir yil Malik sovxozida ishchi boʻlib ishlagan.

Oliygohda Bahodir Yoʻldoshev, Nozim Toʻlaxoʻjayev, Joʻra Mahmudov, Baxtiyor Ixtiyorovlar bilan kursdosh boʻlgan. Oʻsha davrda oliygohdan soʻng 2 yil ishlab berganidan keyin diplomni berishgan uchun, 1968–1969-yillar Samarqand teatrida ishlagan. Harbiy xizmatga borgan.

1974–2000-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. Yosh tomoshabinlar teatrida „Ijodkor“ nomli devoriy gazetani chiqargan va gazeta rasmlarini chizgan. 2000-yildan hozirgacha Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri faoliyat yuritib kelyapti.

Yuqori