Hasan Poʻlat (Poʻlatov Hasan; 1911, Samara viloyati Barish tumani – 1942-yil, 9-iyul, Toshkent) – shoir. Dastlab Toshkent va Qoʻqondagi maktablarda oʻqigan. Namangandagi bolalar uyida tarbiyalangan va u maktab tahsilini Namanganda davom ettirgan. Botu 1929-yilda bolalar uyida tarbiyalanayotgan Hasan Poʻlatning mashq sheʼrlari bilan tanishib, uning 1930-yilda Samarqanddagi pedagogika institutiga kirib oʻqishiga va dastlabki sheʼrlarining oʻzi muharrirlik qilgan „Alanga“ jurnalida eʼlon etilishiga koʻmaklashgan. Hasan Poʻlatning „Kunlar kulganda“ (1931), „Zarbachi kun“ (1932), „Toza nafas“ (1933) sheʼriy toʻplamlari talabalik yillarida nashr etilgan. Hasan Poʻlat, shuningdek, „Postda“ (1934), „Yurak sadosi“ (1942) sheʼriy toʻplamlari, „Polvon“ (1934), „Qobil“, „Dongdor paxtakor“ (1936), „Mehribonlar“ (1939) dostonlari muallifi. Hasan Poʻlat sheʼriy isteʼdodi endigina barq ura boshlagan vaqtda fojiali ravishda halok boʻlgan. Vafotidan keyin „Tanlangan sheʼrlar“ (1950) va „Tanlangan asarlar“i (1956) Oybekning soʻzboshisi bilan nashr etilgan.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- 1911-yilda tugʻilganlar
- Samara viloyatida tugʻilganlar
- 1942-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik erkak shoirlar