Hamza (arabcha: همزة — nina sanchish) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
| Hamza | |
|---|---|
| (arabcha: همزة) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | nina sanchish |
| Ota ismi | Hamza oʻgʻli, Hamzayevich Hamza qizi, Hamzayevna |
| Yasama shakllari | Hamzaxon |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar | arabcha: همزة ozarbayjoncha: Həmzə grekcha: Χάμζα |
| Bogʻliq maqolalar: | „Hamza“dan boshlanuvchilar „Hamza“dan boshlab barcha maqolalar |
Taniqli shaxslar
- Hamza Abdi Barre — Somali Federal Hukumatida Bosh Vazir vazifasini oʻtayotgan siyosatchi;
- Hamza Allamov — turkman futbolchisi;
- Hamza Alvi — pokistonlik akademik sotsiolog va jamiyat faoli;
- Hamza Bali — Bosniyalik soʻfiylar yetakchisi;
- Hamza Bencherif — jazoirlik professional futbolchi;
- Hamza Hakimzoda Niyoziy — oʻzbek sovet adabiyotining taniqli namoyandasi, shoir, yozuvchi, pedagog, teatr va jamoat arbobi;
- Hamza Imonberdiyev — taniqli oʻzbek bolalar shoiri;
- Hamza Jabborov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Hamza Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Hamza Mahkamov — oʻzbek temir yoʻl ishchisi, mashinist;
- Hamza Namira — misrlik qoʻshiqchi;
- Hamza Perez — Puerto-Rikolik islomni qabul qilgan sobiq amerikalik rep ijrochisi;
- Hamza Roberto Piccardo — Italiyadagi Islom jamoalari ittifoqi UCOII direktiv kengashi aʼzosi;
- Hamza Sattorov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi;
- Hamza Shinvoray Abdumurod — afgʻon shoiri;
- Hamza Tzortzis — britaniyalik yozuvchi, faylasuf, notiq, islom dini boʻyicha tadqiqotchi va musulmon apologi;
- Hamza Umarov — oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti;
- Hamza Yerlikaya — turkiyalik yunon-rum kurashchisi;
- Hamza al-Fansuri — soʻfiy olim va yozuvchi;
- Hamza al-Isfahoniy — Eron tarixchisi va adibi;
- Hamza ibn Abdulmuttalib — Muhammad paygʻambarga xizmat qilgan arab musulmon harbiy qoʻmondoni;
- Hamza ibn Vahos — Fotimiylar xalifaligi davrida Makkani boshqargan;
- Hamzaxon Xoʻjayev — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiya
- Hamzayev
- Hamzayeva
