Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hakim Ziyech (1993-yil 19-martda tugʻilgan) – professional futbolchi, Marokashning „Wydad AC“ klubida hujumkor yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi. Unga

Hakim Ziyech

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Hakim boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hakim Ziyech
2021-yil Ziyech Chelsea bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hakim Ziyech
Tavallud sanasi 1993-yil 19-mart (1993-03-19) (33 yosh)
Tavallud joyi Dronten, Nederlandiya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wydad AC
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2004 Reaal Dronten
2004—2007 ASV Dronten
2007—2012 Heerenveen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Heerenveen 36 (11)
2014—2016 Twente 68 (30)
2016—2020 Ajax 112 (38)
2020—2023 Chelsea 64 (6)
2023—2025 Galatasaray 23 (6)
2025 Al-Duhail 9 (1)
2025— Wydad AC 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Niderlandiya U20 3 (1)
2013—2014 Niderlandiya U21 3 (2)
2015— Marokash 64 (25)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Hakim Ziyech (1993-yil 19-martda tugʻilgan) – professional futbolchi, Marokashning „Wydad AC“ klubida hujumkor yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi. Unga „Ajax“ muhlislari tomonidan „Sehrgar“ laqabi berilgan.

Ziyech oʻzining yakuniy zarbasi, driblingi, kesib uzatiladigan uzatmalari, texnikasi va jarima zarbalarini tepish qobiliyati bilan tanilgan. 2019-yilda u UEFA Chempionlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumida eng yaxshi 20 nafar futbolchidan biri sifatida tanlandi. Oʻsha yilning oxirida u TheGuardian jurnalining „Dunyoning 100 ta eng yaxshi futbolchisi“ roʻyxatida 29-oʻrinni egalladi.

Ziyech professional faoliyatini 2012-yilda Gollandiyaning „Heerenveen“ klubida boshlagan va ikki yildan soʻng Gollandiyaning „Twente“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilda u „Ajax“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 11 million yevro boʻlgan. 2018-19-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, chunki u Eredivisieda 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2020-21-yilgi mavsumda Premer liganing „Chelsi“ klubiga oʻtdi.

Xalqaro maydonda Niderlandiya yoki Marokash terma jamoalarida oʻynash taklifi tushganda u Marokashni tanladi. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va 2019-Afrika Millatlar kubogida Marokashni himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati

Heerenveen

Ziyech Niderlandiyaning Dronten shahrida tugʻilgan. 2001-2007-yillar oraligʻida u „Real Dronten“ va „ASV Dronten“ yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2007-yilda Heerenveen akademiyasiga qoʻshildi.

2012-yilning 2-avgustida Ziyech Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Rapid Bukuresti“ga qarshi oʻyinda „Heerenveen“ safida debyut qildi va maydonda 53 daqiqa oʻynaganidan soʻng almashtirildi. U Eredivisiedagi debyutini 10-avgust kuni NECga boʻldi. Ziyech Heerenveen uchun ilk golini 2013-yil 10-avgustda NAC Bredaga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Twente

2014-yilning 18-avgustida Ziyech 3,5 million yevro evaziga "Twente"ga koʻchib oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi va 10-raqamli futbolkani oldi. 5-oktyabr kuni Ziyech AZ Alkmaar bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 2015-yilning 6-martida Ziyech Willem II bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda ikkita gol urdi. 2015-16 yilgi mavsumda Ziyech klub sardori etib saylandi ammo, u 2016-yil yanvar oyi boshida klubga nisbatan hurmatsizlik bildirganligi va omma oldida transferni talab qilganligi uchun sardorlikdan mahrum qilingan. 2015-16-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ajax

2016-2018: dastlabki mavsumlar va Yevropa finali

2016-yilning 30-avgustida Ziyech „Ajax“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, uning transferi uchun 11 million yevro sarflandi. 15-sentabr kuni Ziyech Yevropa ligasi guruh bosqichining dastlabki oʻyinida „Panatinaikos“ ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinning 79-daqiqasida qizil kartochka oldi. Olti kundan soʻng, 21-sentabr kuni u KNVB kubogida Villem II ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ziyech birinchi golini urdi.

Chelsea

2020-21 mavsum

Ziyech 2020-yilda "Chelsi" safida

2020-yilning 14-fevralida „Ajax“ va "Chelsi" Ziyechni 40 yevro evaziga transfer qilish boʻyicha kelishuvga erishgani eʼlon qilindi. U 2020-21-yilgi mavsum uchun Premer liga klubiga qoʻshildi. „Chelsi“ Ziyech bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Terma jamoadagi faoliyati

Marokash

U Gollandiyada marokashlik oilada tugʻilgan. U Gollandiya U19 U20, U21 yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Biroq, u milliy terma jamoa yoshiga yetgach Marokashda oʻynashni afzal koʻrdi. U 2015-yilning may oyida AQSH va Latviya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv olgandi.

Ziyech 2018-yilda Marokash terma jamoasi safida

Oʻyin uslubi

Ziyech oʻng qanot yarim himoyachisi boʻlib, toʻp bilan juda yaxshi muomala qila oladi.

Ziyech nafaqat jamoadoshiga tez-tez aniq vaziyatlar yaratib beradi, balki raqib himoyachilarini ancha qiyin holatga solib qoʻyadigan xavfli vaziyatlar yarata oladi. U aql bovar qilmaydigan texnika, tezlikka ega, raqibning eʼtiborini bemalol chalgʻitib qoʻyadi va raqib maydoniga kirmasdan, zarba berish imkoniyatini oʻzi uchun yarata oladi.

Yutuqlari

Ajax

  • Eredivizion: 2018-19
  • KNVB kubogi: 2018-19
  • Johan qalqoni: 2019
  • UEFA Yevropa ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2016-17

Chelsea

  • UEFA Chempionlar ligasi: 2020-21
  • UEFA Superkubogi: 2021
  • FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2021
  • Angliya kubogi sohibi: 2020-21, 2021-22
  • EFL kubogi sohibi: 2021-22

Shaxsiy sovrinlar

  • Mars d’Or (Marokashning eng yaxshi futbolchisi): 2016
  • Afrikaning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil
  • Erediviziyada yilning eng yaxshi jamoasi: 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19
  • Erediviziyaning eng yaxshi futbolchisi: 2015-16, 2017-18, 2018-19
  • SC Heerenveen yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14
  • FC Twente yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-15
  • AFC Ayaksning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18, 2018-19, 2019-20
  • OFK Ayaksning mavsumning eng chiroyli goli: 2019-20
  • Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18
  • Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil oktabr, 2019-yil
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018-19
  • Yilning CAF jamoasi: 2019
  • IFFHS CAF Yilning erkaklar jamoasi: 2020
  • France Football Africa Yil jamoasi: 2018, 2019, 2020
  • Goal talqinida Afrikaning yil jamoasi: 2017, 2018, 2019
  • Yilning Angliya kubogi jamoasi: 2020-21
Yuqori