- Vikipediyada ismi Hakim va familiyasi Berdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Hakim Eshbaevich Berdiyev | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1938-yil 10-may Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻi, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlim | Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960) |
| Ilmiy unvoni | muhandis-mexanik |
| Mukofotlari | |
Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Tarjimai holi
1938-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻida tugʻilgan.
1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.
1962-yildan 1991-yilgacha KPSS aʼzosi hisoblangan. 1960-yildan (9 yil davomida) Sherobod tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 1969-1985-yillarda — Surxondaryo viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1985-yilda Sherobod RK KPU birinchi kotibi, 1989-yilda esa KPU Surxondaryo viloyat komiteti birinchi kotibi boʻlib ishlagan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan 1993-yil 15-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.
1993-yil 15-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi etib tayinlangan.
- 10-mayda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Surxondaryo viloyati hokimlari
- Oʻzbekiston hokimlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Surxondaryo viloyati
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari