Groningen — Niderlandiya shim,-sharqidagi shahar. Groningen provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 170 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri). Mamlakatning shim.-sharqiy rnining savdo-transport, madaniy markazi. Bir necha kanallar kesishgan yerdagi port. Shakarqand, kimyo, tikuvchilik, radioelektronika, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet (1614) bor. Shahar XI asrdan maʼlum. Gotika cherkovi va 15 — XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida yirik gaz koni (dastlabki zaxirasi 1960 mlrd. m3) ochilgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Niderlandiya shaharlari
- Alifbo boʻyicha shaharlar