Goʻroʻgʻli (Koʻroʻgʻli) — folklor obrazi. "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarining bosh qahramoni. Oʻzbek xalq dostonlarida Goʻroʻgʻli yurt, xalq, adolat osoyishtaligi uchun kurashgan gʻoyatda jasur, xalq botiri sifatida taʼriflanadi. U oʻz davrida oddiy xalq orzu qilgan afsonaviy, erkin va farovon Chambil yurtini barpo etgan, uni ichki va tashqi dushmanlarga karshi kurashuvchi botirlar yurtiga aylantirgan. Goʻroʻgʻlining qirq yigiti (Shodmonbek, Xoldorxon, Zamonbek, Xidirali elbegi va boshqalar) turli elat va qabilalarning botirlari boʻlib, undan ibrat olishib, Chambil yurtinining shon-shuxratini oshiradilar. Goʻroʻgʻli obrazi xalqorasida mardlik, jasorat, el-yurt manfaati yoʻlida kurashuvchi yengilmas qahramon timsolidir.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |