Goʻrgon — Kaspiy dengizidagi qoʻltiq, Eron sohillarida. Quruqlik ichkarisiga qariyb 60 km kirib borgan. Kengligi 11 km, chuq. 4 m gacha. Dengizga Goʻrgon boʻgʻozi orqali tutashgan. Qirgʻoqlari past, botqoqlashgan. Sohilida Goʻrgon, Bandar-Turkman va boshqa shaharlar joylashgan. Baliq ovlanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Eron geografiyasiga oid chala maqolalar
- Qoʻltiqlar