Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

GEVELIY (Hekelius) Yan (1611.28.1-Gdansk —1687.28.1) — polyak astronomi. 1641-yilda Gdanskda Yevropada eng yirik rasadxona qurgan. „Selenografiya yoki Oy relyef

Geveliy Yan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

GEVELIY (Hekelius) Yan (1611.28.1-Gdansk —1687.28.1) — polyak astronomi. 1641-yilda Gdanskda Yevropada eng yirik rasadxona qurgan. „Selenografiya yoki Oy relyefining bayoni“ (1647) asarini yozib, selenografiyaga asos solgan. Oyning batafsil xaritasini (1647), 1564 yulduzning katalogi (roʻyxati)ni (1687) tuzgan. G. quyosh holati jadvalini takomillashtirgan; Oyning optik libratsiyasini topgan (qarang Oy libratsiyasi) va 4 kometani kashf qilgan. 1690-yilda „Yulduzlar osmonining atlasi“ („Uranografiya“) chop ettirilgan. Mazkur atlas akademik V. P. Shcheglov tomonidan bir necha marta qayta nashr qilingan. Atlasda keltirilgan ikki gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulugʻbekka ham faxrli oʻrin berilgan. Atoqli astronom 1647- yili nashr qililngan '' selenografiya'' kitobida Oydagi kraterlardan birini buyuk vatandoshimiz Ahmad al-Farg'oniy nomi bilan ataydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yuqori