- Vikipediyada ismi Gavhar boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Gavhararo Begim | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1631-yil 17-iyun Burhonpur, Hindiston |
| Vafoti | 1706-yil Dehli, Hindiston |
| Onasi | Mumtoz Mahal |
| Otasi | Shoh Jahon |
| Dini | sunni islom |
Gavharoro begim (forscha: گوہر آرا بیگم; „Gavharlar bilan bezatilgan“ 1631-yil 17-iyun – tax. 1706) Boburiylar malikasi va imperator Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalning oʻn toʻrtinchi va kenja farzandi boʻlgan.
Uning onasi 1631-yilda uni dunyoga keltirish vaqti vafot etdi. Gavhararo esa tugʻilishdan omon qoldi va yana umr koʻrib, yashadi. U haqida va u otasining taxti uchun vorislik urushida qatnashganmi yoki yoʻqmi, kam maʼlumotgina yetib kelgan.
Hayot
1631-yil 17-iyunda, onasi Mumtoz Mahal vafot etgan kuni tugʻilgan Gavhararo Begim otasi va akasi hukmronligi davrida obroʻsi ancha past boʻlgani koʻrinadi. Dalillar uning toʻrtinchi akasi Murod Baxshning merosxoʻrlik urushi davrida taxtga daʼvogarligini qoʻllab-quvvatlagan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Agar bu rost boʻlsa ham, bunday maʼlumotlar haqiqatga uncha mos kelmaydi, chunki otasi va singlisi Jahonarodan farqli oʻlaroq, u keyinchalik taxtni egallagan gʻolib akasi Avrangzeb tomonidan qamoqqa tashlanmagan.
Gavhararo begim otasi taxtdan ketgandan keyin oilaviy sulolasi farzandlarining nikohlarini va toʻy-tantanalarini tashkil qilishda ishtirok etadi. 1673-yilda uning katta akasi Daraning oʻgʻli Sipihr Shikoh Avrangzebning qizi Zubdat-un- Nisoga uylanganida, Gavhararo va uning amakivachchasi Hamidabonu Begim toʻy marosimini oʻtkazganlar. U 1672-yilda Daraning nabirasi Salimabonu Begim (Gavhararo uni tarbiyab voyaga yetkazgan) va Avrangzebning toʻrtinchi oʻgʻli shahzoda Muhammad Akbar bilan turmush qurishda katta rol oʻynagan. U kelinning onasi vazifasini bajargan. Toʻy tantanalarini oʻtkazish uchun Dehli darvozasidan Begim saroyigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonida (yaʼni yoritish uchun) yogʻoch konstruksiyalar oʻrnatilgan".
Vafoti
Gavhararo Begim 1706-yilda Shohjahonobodda vafot etadi. Oʻsha paytda Dekanda hokimlik qilayotgan Avrangzeb uning oʻlimdan qattiq hayratda qoldi. U doimiy ravishda „Shoh Jahonning barcha bolalari ichida u va men yolgʻiz qoldik“, deb takrorlagani manbalarda keltirilgan.
Shajarasi
| 8. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiylar imperatori | ||||||||||||||||
| 4. Nur-ud-din Muhammad Jahongir, Boburiylar imperatori | ||||||||||||||||
| 9. Maryam-uz-Zamoniy | ||||||||||||||||
| 2. Shahobiddin Muhammad Shoh Jahon I, Boburiylar imperatori | ||||||||||||||||
| 10. Udai Singh, Marvar rojasi | ||||||||||||||||
| 5. Jagat Gosain | ||||||||||||||||
| 11. Manrang Devi | ||||||||||||||||
| 1. Gavhararo Begim | ||||||||||||||||
| 12. I’timad-ud-Daulah | ||||||||||||||||
| 6. Abu'l-Hasan Asafxon | ||||||||||||||||
| 13. Asmat Begim | ||||||||||||||||
| 3. Mumtoz Mahal | ||||||||||||||||
| 14. Gʻiyos ud-din ʻAli Asafxon | ||||||||||||||||
| 7. Divanji Begim | ||||||||||||||||
Yana qarang
Gavhararo Begim – Ruchir Guptaning „Taxt bekasi“ (2014) romanidagi bosh qahramon.
- Articles containing Persian-language text
- 1706-yilda vafot etganlar
- 1631-yilda tugʻilganlar