Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gavhar Ibodullayeva Inoyatovna – taniqli shoira, pedagog. Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Gavhar Ibodullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Ibodullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna
Tavalludi 18-sentyabr 1961-yil
Turkmaniston
Kasbi Pedagog
Sohasi Filologiya
Taʼlimi Xorazm pedagogika instituti
Mukofotlari

Gavhar Ibodullayeva Inoyatovna – taniqli shoira, pedagog. Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Biografiyasi

Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna 1961-yil 18-sentabrda Turkmaniston Respublikasi, Tashavuz viloyatida tugʻilgan. 1983-yilda Xorazm pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan. 1983–1998-yillarda Yangibozor tumanidagi 19-son maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1994-yildan Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 1998-yilda Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbarligiga tayinlangan.

Ijodi

Uning qalamiga mansub „Qutlugʻ soʻzlar“ (1993), „Bir vujud sogʻinch“ (1995), „Yuragimda yashayotgan sir“, „Vatan siyrati“ kabi sheʼriy toʻplam va saylanmalar muallifi.

Mukofotlari

  • 1994-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“
  • 2000-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni,
  • 2003-yil „El-yurt hurmati“ ordeni,
  • 2011-yil „Mustaqillikning 20 yilligi“ nishoni
  • 2016-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvonlari
Yuqori