Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gastón Rodrigo Pereiro López (talaffuzi: Gaston Rodrigo Pereyro Lopes; 1995-yil 11-iyunda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Ca

Gastón Pereiro

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gastón Rodrigo Pereiro López (talaffuzi: Gaston Rodrigo Pereyro Lopes; 1995-yil 11-iyunda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Cagliari“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Gastón Pereiro
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gastón Rodrigo Pereiro López
Tavallud sanasi 1995-yil 11-iyun (1995-06-11) (31 yosh)
Tavallud joyi Montevideo, Uruguay
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cagliari
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2008 Racing Club Montevideo
2008—2013 Nacional
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Nacional 39 (11)
2015—2020 PSV 118 (44)
2020— Cagliari 57 (8)
Milliy terma jamoa
2012—2015 Urugvay U20 21 (8)
2017— Urugvay 13 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati

Gastón Pereiro faoliyatini „Nacional“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 29-yanvar kuni Libertadores kubogi doirasida Boliviyaning „Oriente Petrolero“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Gastón Pereiro jamoa safida debyut qilgan. 1-fevral kuni Montevideoning „Racing“ jamoasiga qarshi bahsda u Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda Gastón Pereiro oʻzining ilk golini urgan. 2015-yil 12-fevral kuni Gastón Pereiro Libertadores kubogi doirasida Chilining „Palestino“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan. Oʻsha yili u Urugvay chempioni boʻlgan.

Xalqaro faoliyati

2015-yil boshida Gastón Pereiro Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar oʻrtasidagi uy chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chili, Peru, Paragvay, Argentina, ikki marta Kolumbiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gastón Pereiro beshta gol urgan va yoshlar terma jamoasining bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam bergan.

Oʻsha yilning yozida Gastón Pereiro Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Gastón Pereiro Serbiya, Meksika, Mali va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Serblarga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro gol urgan.

2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. 2018-yilning 8-sentyabr kuni Meksika terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistikasi

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
NacionalUrugvay bayrogʻi Urugvay 2012—2013 0 0 - - - - 0 0
2013—2014 15 5 - - 6 0 21 5
2014—2015 24 6 - - 1 1 25 7
Jami 39 11 - - 7 1 46 12
PSV EindhovenNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2015—2016 29 11 4 3 6 0 39 14
2016—2017 30 10 3 1 5 0 38 11
2017—2018 29 12 4 0 2 0 35 12
2018—2019 27 10 1 0 8 1 36 11
2019—2020 4 2 1 0 3 0 8 2
Jami 119 45 13 4 24 1 156 50
Cagliari CalcioItaliya bayrogʻi Italiya 2019—2020 10 1 0 0 - - 10 1
2020—2021 15 2 1 0 - - 16 2
2021—2022 10 0 1 0 - - 11 0
Jami 35 3 2 0 - - 37 3
Umumiy faoliyatida 193 59 15 4 31 2 239 65
Yuqori