| | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Gary James Cahill | ||
| Tavallud sanasi | 1985-yil 19-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Dronfield, Angliya | ||
| Boʻyi | 6 fut 4 inches (1.93 m) | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2000 | AFC Dronfield | ||
| 2000—2004 | Aston Villa | ||
Gary James Cahill (talaffuzi: Gari Jeyms Keyxill; 1985-yil 19-dekabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati
2004—2005-yillarda Gary Cahill 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2007-yil boshida Angliyaning yangi yoshlar murabbiyi Stuart Pearce Cahillni oʻz jamoasiga taklif qilgan. Gary Cahillning Stuart Pearce qoʻl ostidagi birinchi oʻyini 2007-yil 6-fevralda ispanlarga qarshi oʻtkazilgan. Gary Cahill bu uchrashuvni zaxirada oʻtkazgan, maydonga tushmagan . Uning yoshlar jamoasidagi debyuti 2007-yil 24-martda yangilangan „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan, u yerda ingliz jamoasi italiyaliklar bilan durang oʻynagan. Cahill oʻyinni boshlab bergan va butun oʻyin davomida maydonda boʻlib, markaziy himoyada Anton Ferdinand bilan birga oʻynagan. 2007-yilning may oyida Gary Cahill yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Chempionatdan oldin Gary Cahill Slovakiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va turnirning oʻzida u faqat bir marta Chexiya terma jamoasi bilan guruh bosqichida oʻynagan. Hammasi boʻlib Gary Cahill Angliya yoshlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan.
2010-yil 3-sentyabrda Gary Cahill nihoyat Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. Bolgariya bilan 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida u jarohat olgan Michael Dawson oʻrniga maydonga tushgan. 2002-yil fevralida Michael Barrington Rickettsdan keyin „Bolton Wonderers“ futbol klubining Angliya terma jamoasidagi vakiliga aylangan. 2011-yilning 29-martida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gary Cahill ilk bor inglizlar jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2011-yilning 2-sentyabrida Bolgariyaga qarshi javob o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan. 2012-yilning may oyida Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roy Hodgson Gary Cahillni 2012-yilgi Yevropa chempionati tarkibga kiritgan. Biroq 2-iyun kuni Belgiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gary Cahill darvozabon harles Joseph John Hart bilan toʻqnashuvda jagʻini shikastlagan. Ushbu jarohat tufayli u chempionatni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.
Statistikasi
| Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|---|
| Aston Villa F. C. | 2004—2008 | 31 | 1 | |
| Burnley F. C. (ijara) | 2004—2005 | 32 | 1 | |
| Sheffield United F. C. (ijara) | 2007 | 16 | 2 | |
| Bolton Wanderers F. C. | 2008—2012 | 147 | 15 | |
| Chelsea F. C. | 2012—2019 | 288 | 25 | |
| Crystal Palace F. C. | 2019—2021 | 47 | 1 | |
| A. F. C. Bournemouth | 2021—2022 | 22 | 0 | |
| Umumiy faoliyatida | 583 | 45 | ||
- 19-dekabrda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
