Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gʻiyosiddunya val-Din Abulfath Masʼud ibn Ahmad (taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"circa","href":"./Andoza:Circa"},"params":{},"i":0}}]}'>tax.

Gʻiyosiddin Masʼud

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻiyosiddin Masʼud
غياث الدين أبو الفتح مسعود
Saljuqiylar davlatining sultoni
Saltanat 1134-yil 24-oktyabr — 1152-yil 10-oktyabr
Oʻtmishdoshi Toʻgʻrul II
Davomchisi Malikshoh III
Regent Ahmad Sanjar
(1134—1152)
Tugʻilishi tax. 1107
Vafoti 1152-yil 10-oktyabr
Turmush oʻrtogʻi
  • Gavhar Xotun
  • Zubayda Xotun
  • Sufra Xotun
  • Mustajiriyya Xotun
  • Ummuha Xotun
  • Arab Xotun
  • Zubayda
  • Abxaziyya Xotun
Farzandlari
  • Gavhar Xotun
  • Malikshoh
Uy Saljuqiylar xonadoni
Otasi Muhammad I Tapar
Onasi Nistandar Jahon
Dini Islom (Sunniylik)

Gʻiyosiddunya val-Din Abulfath Masʼud ibn Ahmad (tax. 1107 — 1152-yil 10-oktyabr) Iroq va gʻarbiy Forsda 1133—1152-yillarda hukmronlik qilgan saljuqiy sulton.

Hukmronligi

Gʻiyosiddin sulton Muhammad I Tapar va xotini Nistandar Jahonning (shuningdek, Sarjahon Xotun) oʻgʻli. Gʻiyosiddin 12 yoshida (1120—1121) akasi Mahmud IIga qarshi muvafaqqiyatsiz isyon koʻtargan, ammo akasi uni kechirgan. 1131-yilda Mahmud vafot etgach, hokimiyat uchun Mahmudning o‘g‘li Dovud, Iroqda tayanch bazasiga ega bo‘lgan Mas’ud, Fors va Xuzistondagi Saljuqshoh hamda Tog‘rul II o‘rtasida kurash boshlandi. 1133-yilda Masʼud Bagʻdod amirlarining sulton sifatida tan olishiga erishib, xalifa al-Mustarshiddan ham rasmiy tasdiq olishga muvaffaq boʻldi. Saljuqiylar davlatining gʻarbiy qismidagi sharqiy viloyatlarni nazorat qilib turgan Toʻgʻrul harbiy yurish boshlab, 1133-yil may oyida Masʼudda magʻlubiyatga uchradi. Toʻgʻrul 1134-yilda vafot etdi. Shuningdek, Masʼud 1133-yilda Mosulda al-Mustarshid qoʻshinlari qamal qilib turgan Zangiyni qoʻllab-quvvatladi.

1135-yilda xalifa al-Mustarshid Toʻgʻrul hokimiyatiga qarshi chiqqach, o‘sha yilning 14-iyun kuni Hamadon va Bag‘dod oralig‘idagi Daymarg degan joyda mag‘lubiyatga uchrab, asir olindi. Ikki oydan so‘ng esa hashshoshiylar tomonidan qatl etildi. Al-Mustarshidning vorisi ar-Rashid ham Zangiy yordamida isyon ko‘targani bois, Mas’ud uni Bag‘dodda qamal qildi. Ar-Rashid Mosulga qochishga majbur boʻlib, u yerda hashshoshiylar tomonidan o‘ldirildi. Masʼud Iroq ustidan hokimiyatni taʼminlay olsa-da, Saljuqiylar imperiyasining boshqa qismlari ustida hokimiyati noaniq edi. Jumladan, amakisi Ahmad Sanjar uzoq vaqtdan buyon Xuroson va Movarounnahrni, Dovud esa bir necha yil davomida Ozarbayjonni nazorat qilib kelayotgan edi. Gʻarbiy Forsni esa, to Masʼud boshqa amirlar bilan birga magʻlub etishiga qadar amir Bozabo boshqaruvi ostida boʻldi. 1148-yilda Mas’ud o‘ziga qarshi yana bir ittifoqqa duch keldi. Bu safar ittifoqning maqsadi uning o‘rniga Malikshohni taxtga o‘tqazish edi.

Masʼud notinchlikda oʻtgan hukmronligi davrida iqto tizimi orqali koʻplab amirlarga oʻz vakolatlarini topshirishga majbur boʻldi. Bu soliq tizimi imperiya daromadlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Zangiy kabi amirlar esa mustaqil sultonlarga aylanib olishdi. Ibn al-Asirning yozishicha, bu omil Saljuqiylar saltanatining tanazzulga yuz tutishiga sabab boʻldi.

Oʻlimi

Masʼud 1152-yilda Hamadonda vafot etgan. Qisqa vaqt ichida uning oʻrnini Malikshoh egallagan. Masʼud avvalroq uni afv etib, qizlaridan birini nikohiga bergan edi.

Oilasi

Masʼudning xotinlaridan biri Sulton Ahmad Sanjarning qizi Gavhar Xotun edi. Ular 1134-yilda, Masʼud taxtga oʻtirgandan soʻng turmush qurishgan. Ushbu ittifoqdagi qiz Gavhar Xotun dastlab Masʼud tomonidan jiyani, Sulton Mahmud IIning oʻgʻli Sulton Dovudga nikohlab berilgan edi. Ular oʻzaro kelisha olmagach, Masʼud qizni Dovudning ukasi Sulton Muhammadga bergan. Yana bir xotini Sulton Barqiyoruqning qizi Zubayda Xotun edi. Goʻzal deya taʼriflangan va goʻzalligi sabab maqtovga sazovor boʻlgan bu xotin Masʼud ustidan hukmronlik qilgan. Ushbu xotini 1138-yilda vafot etgan. 1136-yil oktyabrda Masʼud qizlaridan birini Banu Mazyad sulolasidan bo‘lgan Sadaqa ibn Dubays ibn Sadaqaga turmushga bergan. 1138-yil yanvar/fevral oyida esa o‘zi Dubays ibn Sadaqaning qizi Sufra Xotun bilan nikohdan o‘tgan. Sufra Xotunning onasi Sharaf Xotun edi. Sharaf Xotun esa Amid ud-Davla ibn Jahir va uning xotini Zubayda Xotunning (1077-yilda vafot etgan) qizi bo‘lib, Zubayda Xotun o‘z navbatida Nizomulmulkning qizi edi.. Taxminan shu vaqtda Amid ud-Davla ibn Jahirning qizi Ummuha Xotunga ham uylangan. 1138-yil may/iyun oyida togʻasi Qavurtning qizi Mustajiriya Xotunga uylangan. Ushbu ayoldan 1139-yilda oʻgʻil farzand tugʻilgan. Yana bir xotini Arab Xotun edi. Ushbu ayol Masʼudning oʻgʻli Malikshohning onasi boʻlgan. 1137-yil mart/aprelda singlisi Fotima Xotunni Abbosiy xalifa al-Muqtafiyga turmushga bergan. 1140-yilda esa oʻzi xalifaning qizi Zubaydaga uylangan. Xalifa qizining sepi yuz ming dinor boʻlgan. Qizning yosh ekanligi sabab toʻy marosimi besh yilga kechiktirilgan. Biroq, Masʼudning vafoti tufayli toʻy marosimi oʻtkazilmagan. Yana bir xotini Abxaziyya Xotun edi. Bu ayol Gruziya qiroli Demetriusning qizi edi. Ular 1143-yilda turmush qurishgan. Masʼud boshqa qizini oʻz jiyani va vorisi Sulton Malikshoh III ga turmushga bergan.

Adabiyotlar

  • Bosworth, E.. The History of the Seljuq Turks: The Saljuq-nama of Zahir al-Din Nishpuri. Taylor & Francis, 2000. ISBN 978-1-136-75257-5. 
  • Lambton, A.K.S.. Continuity and Change in Medieval Persia, Bibliotheca Persica. Bibliotheca Persica, 1988. ISBN 978-0-88706-133-2. 
  • Richards, D.S.. The Chronicle of Ibn Al-Athir for the Crusading Period from Al-Kamil Fi'L-Ta'Rikh.: The Years 491-541/1097-1146 the Coming of the Franks and the Muslim Response, Crusade texts in translation. Ashgate, 2010. ISBN 978-0-7546-6950-0. 
Yuqori