Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ferdinand Petrovich Vrangel (1797, Pskov — 1870, Tartu) — rus dengiz sayyohi, admiral, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1855-yildan). Rossiya geo

Ferdinand Vrangel

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ferdinand Petrovich Vrangel (1797, Pskov — 1870, Tartu) — rus dengiz sayyohi, admiral, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1855-yildan). Rossiya geografiya jamiyatining muassislaridan biri. 1817–1819-yillarda „Kamchatka“ kemasida dunyo aylanasi boʻylab suzishda qatnashgan. 1820–1824-yillarda Kolima ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. Ekspeditsiya Sibir sohilining Indigirka daryosidan Kolyuchi qoʻltiqchasigacha boʻlgan qismini tavsifladi va xaritaga tushirdi, tabiiy boyliklari va xalqlari haqida maʼlumotlar toʻpladi. Chukotka dengizi sharqidagi orolning (keyinchalik Vrangel nomiga qoʻyilgan) oʻrnini aniqladi. 1825–1827-yillarda dunyo aylanasi boʻylab suzgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. 1829–1835-yillarda Amerikadagi rus qishloqlarini boshqargan. 1835–1857-yillarda dengiz ishlari vaziri. 1864-yilda isteʼfoga chiqqan. Vrangel nomiga Alyaska yarim orolidagi togʻ va burun qoʻyilgan.

Yuqori