Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fargʻona yalangbaligʻi (lotincha: Triplophysa ferganaensis) — daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub baliq boʻlib, u Sirdaryo havzasining yuqori

Fargʻona yalangbaligʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fargʻona yalangbaligʻi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Shuʼlaqanotli baliqlar
Turkum: Karpsimonlar
Oila: Daryo yalangbaliqlari
Urugʻ: Triplophysa
Tur: Fargʻona yalangbaligʻi
Triplophysa ferganaensis
Sheraliev and Peng 2021

Fargʻona yalangbaligʻi (lotincha: Triplophysa ferganaensis) — daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub baliq boʻlib, u Sirdaryo havzasining yuqori oqimiga tegishli Fargʻona vodiysining togʻli hududlaridan oqib keluvchi Shohimardonsoy daryosining endemik turi hisoblanadi. U dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi tez oquvchi daryo oʻzanida uchraydi. Ushbu yalangbaliq Fargʻona vodiysi sharafiga nomlangan.

Yuqori