![]() Fabián 2019-yilda Ispaniya terma jamoasida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Fabián Ruiz Peña | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 3-aprel | ||
| Tavallud joyi | Los Palacios y Villafranca, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.89 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| La Unión Los Palacios | |||
| 2004—2014 | Real Betis | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014–2016 | Betis B | 23 | (2) |
| 2014—2018 | Betis | 56 | (3) |
| 2017 | → Elche | 18 | (1) |
| 2018—2022 | Napoli | 125 | (18) |
| 2022— | Paris Saint-Germain | 78 | (8) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2015 | Ispaniya U19 | 2 | (0) |
| 2017—019 | Ispaniya U21 | 14 | (5) |
| 2019— | Ispaniya | 37 | (6) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 25-may 23:05 uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 9-iyul 23:05 uchun) | |||
Fabian Ruis Peña (ispancha talaffuzi: [faˈβjan rwiθ ˈpeɲa]; 1996-yil 3-aprelda tugʻilgan) – Fabian nomi bilan ham tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi hisoblangan Paris Saint-Germainda va Ispaniya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Hayoti
Ruizning futbolga kirib kelishida onasining katta hissasi bor.
Klublardagi karyerasi
Real Betis
Dastlabki yillari
Ruiz Andalusiyaning Sevilla provensiyasiga qarashli Los-Palasios y Villafranka shahrida tugʻilgan. U 2004-yilda EF La Union de Los Palaciosda ish boshlaganidan keyin sakkiz yoshida Real Betis jamoasining yoshlar tarkibiga qoʻshildi. U 2014-yil iyul oyida asosiy jamoaning zaxirasiga oʻtdi va 21-sentabrda debyut qildi hamda Segunda B divizionida Marbellaga qarshi oʻz uyida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda ikkinchi boʻlimda maydonga tushirildi.
Fabian professional karyerasidagi birinchi oʻyinini 16-dekabr kuni oʻtkazdi va Segunda divizionining „Lugo“ klubiga qarshi safardagi 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 51-daqiqasida Xavi Torresning oʻrniga maydonga tushdi.
Fabian Ispaniya futbolidagi asosiy debyutini 2015-yilning 23-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida "Vilyarreal" klubiga qarshi kechgan oʻyinda (1:1) Alfred NʼDiaye oʻrniga maydonga tushdi.
Elche (ijara)
Keyingi yilning 23-dekabrida u shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va darhol Elche klubiga ijaraga berildi.
Yutuq
Qaytib kelgach, Fabian yangi bosh murabbiy Quique Setien qoʻl ostida muntazam maydonga tushib turdi va 2017-yilning 25-sentyabrida „Levante“ klubiga qarshi 4:0 hisobida qozonilgan gʻalabali oʻyinda birinchi golini urdi. 31-yanvarda shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgandan soʻng, uning tovon puli 30 million yevro qilib belgiladi.
2018-yilning 30-aprelida Fabianning jamoasi oʻz uyida „Malaga“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 2018-19-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. „Betis“ klubiga gʻalaba keltirgan golni Fabian kiritdi.
Napoli
2018-yilning 5-iyulida Fabian "Napoli" klubi bilan 2023-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi. „Napoli“ esa Fabianning 30 million yevro tovon pulini toʻlagan. U 16-sentabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan „Srvena Zvezda“ jamoasi maydonida boʻlib oʻtgan va golsiz durang qayd etilgan oʻyinda debyut qildi. Oʻn kundan keyin u A Seriyadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi va jamoasi bilan San-Paolo stadionida „Parma“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Paris Saint-Germain
2022-yil 30-avgustda Fabian Liga 1 klubi Paris Saint-Germain (PSJ) bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U 2022-yil 10-sentyabrda Parc des Princes stadionida „Brest“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushirildi. 2023-yilning 1-fevralida u oʻzining PSJ jamoasidagi ilk golini „Monpelye“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. Mavsum oxirida Fabian PSJ bilan Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi, bu uning oliy ligalardagi birinchi chempionligi edi.
Oʻyin uslubi
Chap oyoqda koʻproq harakat qiluvchi markaziy yarim himoyachi Fabian oʻzining koʻrish qobiliyati, uzatmalari, toʻpni nazorat qilish va dribling qilish qobiliyati, shuningdek, taktik jihatdan koʻp qirraliligi bilan tanilgan va 4–4–2, 4–3–3 va 4–2–3–1 kabi bir qator formatlarda yaxshi oʻynay oladi. U himoyaviy yarim himoyachi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi.
Statistikasi
Klublardagi karyerasi
- 2024-yil 25-may holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Boshqalar | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Dvizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Real Betis B | 2014–15 | Segunda División B | 19 | 1 | — | — | — | 19 | 1 | |||
| 2015–16 | Segunda División B | 4 | 2 | — | — | — | 4 | 2 | ||||
| Umumiy | 23 | 3 | — | — | — | 23 | 3 | |||||
| Real Betis | 2014–15 | Segunda División | 6 | 0 | 0 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
| 2015–16 | La Liga | 12 | 0 | 2 | 0 | — | — | 14 | 0 | |||
| 2016–17 | La Liga | 4 | 0 | 1 | 0 | — | — | 5 | 0 | |||
| 2017–18 | La Liga | 34 | 3 | 1 | 0 | — | — | 35 | 3 | |||
| Umumiy | 56 | 3 | 4 | 0 | — | — | 60 | 3 | ||||
| Elche (ijara) | 2016–17 | Segunda División | 18 | 1 | — | — | — | 18 | 1 | |||
| Napoli | 2018–19 | Serie A | 27 | 5 | 2 | 1 | 11 | 1 | — | 40 | 7 | |
| 2019–20 | Serie A | 33 | 3 | 5 | 1 | 8 | 0 | — | 46 | 4 | ||
| 2020–21 | Serie A | 33 | 3 | 1 | 0 | 8 | 1 | 0 | 0 | 42 | 4 | |
| 2021–22 | Serie A | 32 | 7 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 38 | 7 | ||
| Umumiy | 125 | 18 | 9 | 2 | 32 | 2 | 0 | 0 | 166 | 22 | ||
| Paris Saint-Germain | 2022–23 | Ligue 1 | 27 | 3 | 3 | 0 | 7 | 0 | — | 37 | 3 | |
| 2023–24 | Ligue 1 | 21 | 1 | 5 | 2 | 9 | 0 | 0 | 0 | 35 | 3 | |
| Umumiy | 48 | 4 | 8 | 2 | 16 | 0 | 0 | 0 | 72 | 6 | ||
| Karyerasi davomida | 270 | 29 | 21 | 4 | 48 | 2 | 0 | 0 | 339 | 35 | ||
Terma jamoadagi karyerasi
- 2024-yil 14-iyul holatiga koʻra
| Terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Ispaniya | 2019 | 6 | 1 |
| 2020 | 3 | 0 | |
| 2021 | 6 | 0 | |
| 2022 | 0 | 0 | |
| 2023 | 6 | 0 | |
| 2024 | 8 | 3 | |
| Umumiy | 29 | 4 | |
- 2024-yil 30-iyun holatiga koʻra. Roʻyxatda birinchi boʻlib Ispaniyaning gollari qayd etilgan.
| No. | Sana | Joy | Kubok | Raqib | Goli | Yakuniy natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2019-yil 18-noyabr | Wanda Metropolitano, Madrid, Ispaniya | 6 | 1–0 | 5–0 | UEFA Yevro 2020 saralashi | |
| 2 | 2024-yil 8-iyun | Estadi Mallorca Son Moix, Palma, Ispaniya | 23 | 4–1 | 5–1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 3 | 2024-yil 15-iyun | Olympiastadion, Berlin, Germaniya | 24 | 2–0 | 3–0 | UEFA Yevro 2024 | |
| 4 | 2024-yil 30 iyun | RheinEnergieStadion, Köln, Germaniya | 26 | 2–1 | 4–1 | UEFA Yevro 2024 |
Yutuqlari
Real Betis
- Segunda divizioni: 2014–15
Napoli
- Italiya kubogi: 2019–20
Paris Saint-Germain
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2019
- UEFA Yevropa chempionati: 2024
- UEFA Millatlar ligasi: 2022–23
Individual
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2019-yil
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019
- 3-aprelda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Liga 1 futbolchilari
- Segunda División futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Betis Deportivo Balompié futbolchilari
- Real Betis futbolchilari
- Elche CF futbolchilari
- SSC Napoli futbolchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
