| Eʼzozxon Karimova | |
|---|---|
![]() | |
| Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri | |
| Mansab davri 2025-yil 31-iyuldan — hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Avvalgisi | Hilola Umarova |
| Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori | |
| Mansab davri 2025-yil 7-may — 2025-yil 31-iyul | |
| Avvalgisi | Abdugʻaffor Qirgʻizboyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1973-yil Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat universiteti |
Karimova Eʼzozxon Gafurjanovna (1973-yil, Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi. 2025-yil 7-may maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. 2025-yil 31-iyulda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan.
Tarjimai holi
1990-yili Hamid Olimjon nomidagi umumtaʼlim maktabini tamomlab, ToshDUning falsafa fakultetiga oʻqishga topshirgan. 1996-yil universitetni yakunlab, aspiranturada oʻqishda qoldi. 2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsialogiya ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Mehnat faoliyati
- 1990—1991-yillar – Kosonsoy tumanidagi 28-oʻrta maktabda ish yurituvchi.
- 1991—1992-yillar – Kosonsoy tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 30-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
- 1992—1994-yillar – Kosonsoy tumanidagi 35-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi.
- 1994—1995-yillar – Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ish yurituvchisi.
- 1995—1996-yillar – Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti falsafa kafedrasi katta laboranti.
- 1996—2001-yillar – Nabi Gʻaniyev nomli Toshkent kino texnikumi gumanitar fanlar oʻqituvchisi.
- 2001—2004-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti falsafa kafedrasi assistenti.
- 2004—2009-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi, falsafa kafedrasi mudiri.
- 2009—2010-yillar – Toshkent davlat madaniyat instituti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya“ boshqarmasi boshligʻi.
- 2010—2011-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti Metodika markazi boshligʻi va maʼnanaviy axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
- 2011—2021-yillar – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi.
- 2021—2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Oʻquvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi.
- 2021—2023-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.
- 2023—2024-yillar – „Yangi Oʻzbekiston“ universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori.
- 2024—2024-yillar – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi.
- 2025-yil 7-maydan 2025-yil 31-iyulgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori.
- 2025-yil 31-iyuldan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yashayotgan insonlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
