Eshitish organlari (eshitish aʼzolari) — odam va hayvonlarning sezgi organlari hisoblandi. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan retseptorlar — sezuvchi hujayralar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan. Koʻpincha ilk sezgi, yaʼni timpanal (toʻgʻriqanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar) baʼzan xordotonal yoki jonston kabi boshqa organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki koʻkrakda boʻlib, ular traxeyalar yoki havo boʻshliqlari bilan bogʻlangan kutikulalar yaʼni nogora pardadan unga birikkan yoki traxeyalar bilan bogʻlangan xordotonal sensillalardan iborat. Jonston organ esa chivinlar moʻylovining boʻgʻimida joylashgan. Yuksak rivojlangan sudralib yuruvchilar (masalan, timsohlar) da ilk bor nogʻora parda bilan qoplangan maxsus teri burmalari shaklidagi tashqi quloq paydo boʻlgan.
- Tibbiyotga oid chala maqolalar
- Anatomiya
- Sezgi organlari