| Edvin Pauell Xabbl | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 20-noyabr 1889 Marshfild, Missuri, AQSh |
| Vafoti | 28-sentyabr 1953 San-Marino, Kaliforniya, AQSh |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Turmush oʻrtogʻi | 1924-yil 26-fevral |
| Mukofotlari | Nyukomb Klivlend mukofoti (1924) |
| Imzosi | |
| | |
Edwin Hubble (oʻqilishi: Edvin Pauell; 1889.20.11, Marshfild, Missuri shtati – 1953.28.9, SanMarino, Kaliforniya shtati) – amerikalik astronom, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1927-yildan). Yerk rasadxonasi (Chikago) (1914—1917) va Maunt-Vilson rasadxonasida (1919) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari galaktikalarni, Koinotning uzluksiz kengayish xususiyatini oʻrganishga oid. Koinotda kuzatiladigan tumanliklarni ikki guruhga, yaʼni bizning Galaktikamiz (gazchangdan tashkil topgan) ga kiruvchi va Galaktikamizdan tashqarida joylashgan galaktikalarga ajratdi (1922). 1924—1926 yillarda bizga yaqin boʻlgan boshqa galaktik tumanliklar tabiati bizning Galaktikamizga oʻxshash va yulduzlardan tashkil topganini koʻrsatib berdi. Bu bilan Koinotda Galaktikamizga oʻxshash yulduz sistemalari mavjudligini isbotlagan. Yaqin galaktikalarda bir nechta sefeid, sharsimon va gaz tumanliklari, qizil va zangori utagigantlarni ochgan. Galaktikalararo masofa bilan ularning nuriy tezliklari orasida kosmologik bogʻlanishni aniqlagan (1929) (qarang Kosmologiya, Xabbl qonuni).
Tashqi havolalar
| Vikiiqtibosda Edwin Hubblega tegishli iqtiboslar mavjud. |
- — Edvin Xabblning [[Yangi Albani oʻrta maktabi (Indiana)|Yangi Albani oʻrta maktabi]dagi fotosuratlari ].
- Amerika fizika jamiyatining Hubble bio (Wayback Machine saytida 2008-07-05 sanasida )
- [ Edvin Pauell Xabbl — Kosmosni kashf etgan odam][sayt ishlamaydi]
- Kengayayotgan koinot muammosi, 1942-yil Edvin Xabbl
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 20-asr amerikalik olimlari
- Amerikalik olimlar
- 1889-yilda tugʻilganlar
- 1953-yilda vafot etganlar
- Astronomlar