Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Doʻstlik stadioni – Toshkent viloyatida joylashgan Oʻzbekiston terma jamoalar markazi stadioni. Stadion va terma jamoalari markazi 2024-yil 24-yanvarda ilk bor

Doʻstlik stadioni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doʻstlik stadioni
Do'stlik Stadium
Joyi Oʻzbekiston Oʻzbekiston, Toshkent viloyati
Asos solingan 2021-yil
Qachon qurilgan 2021—2024
Qachon ochilgan 2024-yil 28-yanvar
Egasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Operator OʻFA
Yuzasi tabiy chim va gibrid
Hajmi 8,000
Maydon oʻlchami 105m x 68m

Doʻstlik stadioni – Toshkent viloyatida joylashgan Oʻzbekiston terma jamoalar markazi stadioni. Stadion va terma jamoalari markazi 2024-yil 24-yanvarda ilk bor toʻliq foydalanishga topshirilgan.

Tarixi

2019-yil 3-sentyabrda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov taklifiga koʻra Oʻzbekiston terma jamoalari uchun maxsus markaz va stadion qurilishi aytilgan. Stadion qurilishida FIFA vakillari bir necha tavsiy va takliflar bergan. Stadion qurilishi bilan FIFA bosh kotibi Fatma Subura va FIFA prezidenti Gianni Infantino tanishgan. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida FIFA tashkiloti FIFA Forward dasturi asosida Oʻzbekistonga terma jamoalar markzi va Doʻstlik stadionida qoʻshimcha maydonlar qurilishi uchun 4,2 mln dollar ajratgan. Stadion va markazni qurilishida Fransiya, Marokash va bir qator davtlar tajribalari oʻrganilgan. Stadionda ilk bor 2023-yil 8-avgustda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Saudiya Abistoni U-15 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazgan. Keyinchalik bir necha yosh toidasidagi terma jamoalar oʻz oʻrtoqlik oʻyinlarini Doʻstlik stadionida oʻtkazgan.

Tavsifi

Stadion Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan. Doʻstlik stadionidan tashqari, terma jamoalar markazida 7 ta mashgʻulot maydoni, plyaj maydoni, futzal maneji, futbolchilar tiklanish makazi va yotoqxonlar qurilishi rejalashtirilgan. Doʻstlik stadioni sigʻimi 8000 oʻringga ega.

Tarixiy oʻyinlar

Stadion ilk bor AFC ayollar futbolidagi katta musoboqalaridan biri, 2024-yilda oʻtkaziladigan AFC U-20 ayollar Osiyo kubogi turniriga mezbon stadionlar biri sifatida tanlangan.

Yuqori