Doʻstlik — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha, Guliston sh.ning tarkibiy qismi, Doʻstlik kanalining oʻng sohilida joylashgan. Mayd. 159,7 ga. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gulistondan 1 km. Guliston—Dehqonobod avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 7435 kishi (2001).
D.ga 19-asr 2-yarmida ruslar kelib oʻrnashgan, 1924 yilgacha posyolka, oʻsha yildan 1992 yilgacha qishloq. Mustamlakachilik davrlarida mahalliy boʻlmagan nomlar bilan atalib kelgan, 1992 yildan hozirgi nomda. D.da sanoat korxonalari yoʻq. Madaniyat uyi, kutubxona, oʻrta maktab, sanatoriy tipidagi sogʻlomlashtirish markazi va poliklinika bor.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |