Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Doʻmbirobod mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Doʻmbirobod, Gavhar, Tirsakobod mahallalari bilan chegarado

Doʻmbirobod mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doʻmbirobod
Doʻmbirobod mahallasi
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Asos solingan 2007-yil
Avvalgi nomlari Kichik Doʻmbirobod mahallasi
Aholisi
 (2008)
7 920

Doʻmbirobod mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Doʻmbirobod, Gavhar, Tirsakobod mahallalari bilan chegaradosh.

Tarixi

Kichik Doʻmbirobod nomi bilan tashkil etilgan, 2007-yildan hozirgi nomda. Mahalla nomi oʻz tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib oʻtgan boʻlib, shahardagi Beshyogʻoch, Guliston, Chaqar mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bogʻ-hovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan boʻlib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni doʻmbiradek kattaligi uchun laqabi „doʻmbira“ boʻlgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Doʻmbirobod deb atay boshlagan.

Aholisi

Aholisi 7 920 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).

Binolar

Mahalla hududida 2 ta oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, dorixonalar, savdo doʻkonlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullayev mahallaga 43 yil raislik qilgan.

Yuqori