Devonai hisobiy (XV asr, Xiva, Qorakoʻl) — sozanda, bastakor, xonanda, shoir. Xoʻja Ahror taklifiga binoan Qorakoʻldan Samarqandga koʻchib kelgan va uning xonaqohida oʻzga hofizlar bilan birgalikda Jaloliddin Rumiy, Qosim Anvar va oʻzining gʻazallariga yaratilgan asarlarni kuylagan. Darvishali Changiyning musiqa risolasida D. H.dan koʻpgina naqshlar, peshravlar va sheʼriy devonlar qolgani taʼkidlanadi.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Alifbo boʻyicha shoirlar