Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gʻafurov Davron Dilmuradovich (1981-yil 4-avgust, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, oliy toifali murabbiy. IBA ning (Xalqaro boks aso

Davron G‘ofurov

Vikipediyada ismi Davron va familiyasi G‘afurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Gʻafurov Davron Dilmuradovich (1981-yil 4-avgust, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, oliy toifali murabbiy. IBA ning (Xalqaro boks asotsatsiyasi) 2 yulduzlik murabbiyi. Boks boʻyicha xalqaro sport ustasi.

Davron Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-avgust 1981-yil (1981-08-04) (44 yosh)
Toshkent viloyati, Zangiota tumani
Boʻyi 173 sm
Mukofotlar
Sport
Qaysi sport Boks

Biografiyasi

Davron Gʻafurov 1981-yili Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topgan. 15 yoshdan kikboks va boks sport turlari bilan shugʻullangan. Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionI (2010). 2011-yil Qozogʻistonning Atirau shahrida boʻlib oʻtgan turnirda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Murabbiylik faoliyati

2015-yildan boks sport turi boʻyicha murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston boks federatsiyasi zalida boshlagan. Kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempioni, yoshlar oʻrtasida olimpiada oltin medali sohibi Abdumalik Xaloqovning shaxsiy murabbiyi. 2018-yildan Oʻzbekiston boks Terma jamoasi murabbiylaridan biri boʻlib ishlab kelmoqda.

Yutuqlari

2023-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoni sohibi boʻlgan.

2024-yilda 2-darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni faxriy unvoni berilgan.

Yuqori