- Vikipediyada ismi Davron va familiyasi G‘afurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Gʻafurov Davron Dilmuradovich (1981-yil 4-avgust, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, oliy toifali murabbiy. IBA ning (Xalqaro boks asotsatsiyasi) 2 yulduzlik murabbiyi. Boks boʻyicha xalqaro sport ustasi.
| Davron Gʻofurov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 4-avgust 1981-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumani |
| Boʻyi | 173 sm |
| Mukofotlar | |
| Sport | |
| Qaysi sport | Boks |
Biografiyasi
Davron Gʻafurov 1981-yili Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tavallud topgan. 15 yoshdan kikboks va boks sport turlari bilan shugʻullangan. Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionI (2010). 2011-yil Qozogʻistonning Atirau shahrida boʻlib oʻtgan turnirda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Murabbiylik faoliyati
2015-yildan boks sport turi boʻyicha murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston boks federatsiyasi zalida boshlagan. Kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempioni, yoshlar oʻrtasida olimpiada oltin medali sohibi Abdumalik Xaloqovning shaxsiy murabbiyi. 2018-yildan Oʻzbekiston boks Terma jamoasi murabbiylaridan biri boʻlib ishlab kelmoqda.
Yutuqlari
2023-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoni sohibi boʻlgan.
2024-yilda 2-darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni faxriy unvoni berilgan.