| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | David Raya Martín | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 15-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Barselona, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.83 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Brentford | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Cornellà | |||
| 2012-2014 | Blackburn Rovers | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014-2019 | Blackburn Rovers | 98 | (0) |
| 2014-2015 | → Southport (ijara) | 16 | (0) |
| 2019- | Brentford | 119 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022- | Ispaniya | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-sentyabr uchun) | |||
David Raya Martin (1995-yil 15-sentabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premier Liganing "Brentford " klubi va Ispaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. U oʻzining faoliyatini „Blackburn Rovers“ jamoasida boshlagan va 2019-yilda Brentfordga tarkibiga qoʻshilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Blackburn Rovers
Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Raya oʻz faoliyatini vatani Ispaniyada, futzal oʻyinchisi (darvozabon) sifatida boshlagan. Keyinchalik u 2012-yil iyul oyida Blekbern Roversga qoʻshilish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi. U klub akademiyasida tahsil oladi va 2014-yilning 26-fevralida professional shartnoma imzolaydi. Raya 2014-15-yilgi mavsumning birinchi yarmida Conference Premer ligasi klubi Sauthportda toʻrt oylik ijaradagi davrida oʻzining birinchi katta tajribasini oladi va jami 24 ta oʻyinda maydonga tushadi. Ewood Parkga qaytganidan soʻng, u mavsum oxirida chempionatda ikkita oʻyin oʻtkazadi va 2015-yil aprel oyida yangi uch yillik shartnoma imzolaydi.
2015-16 va 2016-17-yilgi mavsumlarida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazganiga qaramay, Raya Roversning Jason Steeledan keyingi asosiy tarkib darvozaboni boʻlgan. U 2017-18-yilgi mavsumda 47 ta oʻyinda maydonga tushadi va klubning chempionatga qaytishiga yordam beradi. U 2018-19-yillar davomida asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qoladi va 46 ta oʻyinda maydonga tushadi. Raya Rovers jamoasi tarkibida umumiy hisobda 108 ta oʻyinda maydonga tushib, 2019-yilning iyul oyida jamoani tark etadi.
Brentford

2019-yilning 6-iyulida Raya Chempionship klubi Brentford bilan 3 million funt sterling evaziga to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Raya jamoasi bilan 2020-yilgi chempionat pley-off bosqichida Fulham jamoasiga qarshi final uchrashuvida magʻlubiyatga uchraydi va ushbu mavsum umumiy hisobda 49 ta oʻyinda maydonga tushadi.
Jarohat olganligi va transferlar haqidagi mish-mishlar sababli Raya 2020-2021-yilgi mavsum oldidan bosh murabbiy Tomas Frankning eʼtiboridan chetda qolib ketadi. Ikki marta EFL kubogida o‘ynab, jamoa sardori darajasiga koʻtarilganidan so‘ng, 2020-yilning 2-oktyabrida yangi to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Raya 2020-2021-yilgi mavsumdagi 48 ta oʻyinning 17 tasida maydonga tushadi.
Raya 2021-2022-yilgi Premer-liga o‘yinlarini asosiy tarkib darvozaboni sifatida boshlaydi va 2021-yil 24-oktabrda „Leicester City“ga qarshi kechgan uchrashuvda orqa xochsimon bog‘lamidan jarohat oladi. U 2022-yilning 10-yanvarida ochiq havodagi mashg‘ulotlarga qaytadi va 1-fevralda „Everton“ga qarshi o‘rtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.
Xalqaro faoliyati
Ispaniyaning yoshlar darajasidagi terma jamoalaridan chaqiruv ololmagan Raya 2022-yil mart oyida birinchi marta kattalar jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqiruvni qo‘lga kiritadi. U 26-mart kuni Albaniyaga qarshi kechgan oʻyinda birinchi oʻyinini oʻtkazadi. Raya 2022-yil iyun oyida Ispaniya terma jamoasining 2022-2023-yilgi UEFA Millatlar Ligasi A o‘yinlariga ikkinchi chaqiruvini oladi va undan keyingi to‘rtta o‘yinning barchasida zaxira oʻrindigʻida qolib ketadi.
Faoliyatining statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | FA kubogi | EFL kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Blackburn Rovers | 2014-15 | Championship | 2 | 0 | — | 0 | 0 | — | 2 | 0 | ||
| 2015-16 | Championship | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | ||
| 2016-17 | Championship | 5 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 8 | 0 | ||
| 2017-18 | Birinchi liga | 45 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 47 | 0 | |
| 2018-19 | Championship | 41 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 46 | 0 | ||
| Jami | 98 | 0 | 3 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 108 | 0 | ||
| Blackburn Rovers U23 | 2016-17 | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | ||||
| Southport (ijara) | 2014-15 | Conference Premer | 16 | 0 | 6 | 0 | — | 2 | 0 | 24 | 0 | |
| Brentford | 2019-20 | Championship | 46 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 49 | 0 |
| 2020-21 | Championship | 42 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 48 | 0 | |
| 2021-22 | Premer liga | 24 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 25 | 0 | ||
| 2022-23 | Premer liga | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | ||
| Jami | 119 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 129 | 0 | ||
| Faoliyatida jami | 233 | 0 | 10 | 0 | 10 | 0 | 11 | 0 | 263 | 0 | ||
Xalqaro
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Ispaniya | 2022 | 1 | 0 |
| Jami | 1 | 0 | |
Yutuqlari
Blackburn Rovers
- EFL ligasida 1-oʻrin: 2017-2018
Brentford
- EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021
Individual
- EFL Oltin qoʻlqop sovrindori: 2019-2020
- 15-sentyabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- UE Cornellà futbolchilari
- Blackburn Rovers F.C. futbolchilari
- Southport F.C. futbolchilari
- Brentford F.C. futbolchilari
- Arsenal F.C. futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar