Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Devid Neres Kampos (portugalcha: David Neres Campos) 1997-yil 3-martda San-Pauluda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Benfika“ va Braziliya terma jamoasida qan

David Neres

Vikipediya, erkin ensiklopediya
David Neres
Neres 2017-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan
Braziliya terma jamoasi bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Neres Campos
Tavallud sanasi 1997-yil 3-mart (1997-03-03) (29 yosh)
Tavallud joyi São Paulo, Braziliya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Napoli
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2016 São Paulo

Devid Neres Kampos (portugalcha: David Neres Campos) 1997-yil 3-martda San-Pauluda tugʻilgan. Braziliyalik futbolchi, „Benfika“ va Braziliya terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Neres „San-Paulu“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 18-oktabrda Fluminense bilan o‘yinda u Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. 22-oktabr kuni „Ponte Preta“ga qarshi kechgan duelda Devid „San-Paulu“ uchun birinchi golini urdi.

2017-yil boshida Neres Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. 26-fevral kuni „Gerakles“ga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi va ikkinchi boʻlimda Kasper Dolbergni almashtirgach oʻyinga qoʻshilgan. 2-aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda Devid „Ayaks“ safidagi ilk golini urdi. 2019-yilda Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda Neres gol urdi.

2022-yilning 15-yanvarida u „Shaxtyor Donetsk“ futbolchisiga aylandi.

2019-20-yilgi mavsumda „Manchester United“ va „Atletico Madrid“ kabi klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, Neres 2019-yilning 7-avgustida „Ayaks“ bilan 2023-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma 2022-yilda tugashi kerak boʻlgan, ammo shunga qaramay futbolchi yana bir yil bu klubda oʻynash ishtiyoqini bildirgan.

Mavsum boshida „Ayaks“ Mohamed Darami va Stiven Berguislarni qanot himoyachilari sifatida sotib olgani uchun Neres uchun raqobat kuchayib ketdi, natijada u koʻpincha asosiy tarkibga kiritilmagan.

Xalqaro martaba

2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, Paragvay, Venesuela, Argentina, Urugvay va ikki marta Ekvador va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Yutuqlari

Ayaks

  • Gollandiya chempioni (2 karra): 2018/19, 2020/21
  • Gollandiya kubogi sohibi (2 karra): 2018/19, 2020/21
  • UEFA Yevropa ligasi finalchisi: 2017-yil

Braziliya terma jamoasida

  • Amerika kubogi sohibi: 2019-yil

Shaxsiy

  • Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil aprel
  • UEFA Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi: 2018/19

Faoliyat statistikasi

2021-yil 23-dekabr holatida:

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa kuboklari Boshqalar Jami
Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol Oʻyinlar Gol
San-Paulu 2016-yil 8 3 3 0 11 3
Jami 8 3 3 0 11 3
Ayaks 2016/17 8 3 0 0 4 0 12 3
2017/18 32 14 2 0 3 0 37 14
2018/19 29 8 6 1 15 3 50 12
2019/20 12 6 0 0 8 0 20 6
2020/21 25 3 4 2 10 3 39 8
2021/22 15 3 1 0 5 1 1 0 22 4
Jami 121 37 13 3 45 7 1 0 180 47
Young Ayaks 2016/17 4 2 4 2
2017/18 1 1 1 1
Jami 5 3 5 3
umumiy faoliyatida 134 43 16 3 45 7 1 0 196 53
Yuqori