| Dank ordeni | |
|---|---|
![]() | |
| Turi | orden |
| Mamlakat | |
| Holati | topshiriladi |
| Taʼsis etilgan sanasi | 1996-yil 16-aprel |
| Birinchi bor taqdirlanish | 1996-yil 4-fevral |
„Dank“ ordeni (qirgʻizcha: Даңк – Shuhrat) – Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofoti. 1996-yil 16-aprelda „Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan taʼsis etilgan. Orden fuqarolarga davlat xizmati, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, ijodiy, ijtimoiy va xayriya faoliyatidagi muhim yutuqlari uchun beriladi.
Taqdim etilishi
Orden ilk marta 1996-yil 4-fevral kuni topshirilgan. Ilk ordenni Sotsialistik mehnat qahramoni Jumaqodir Moʻydunov qabul qilib olgan. 2024-yil holatiga koʻra 1397 kishi „Dank“ ordeni bilan taqdirlangan.
Turkumlar::
- Mukofotlar
- Dank ordeni bilan mukofotlanganlar
