Chorsu mahallasi – Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahalla. Beshyogʻoch dahasining qadimiy mahallalaridan biri. Toshkentning qadimdagi barcha darvozalaridan yoʻllar ushbu mahallada tutashgan.
Chorsu Chorsu mahallasi | |
|---|---|
| Mahalla | |
![]() | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Shayxontohur |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 (71) |
| Pochta indeks(lar)i | 700021 |
| Avtomobil kodi | 01 |
11-asrda mahalla sifatida shakllangan. Hazrati Ukkosha bulogʻi hamda Badalmat hammoni ushbu mahallada joylashgan. Keyinchalik hammom oʻrnida Chorsu mehmonxonasi qad rostlagan, buloq esa JAR sport majmuasi oʻrnida boʻlgan.
Mahalla nomi eski manbalarda Chovursuk (toʻrt tomonlama), Chorsuk, Chorbozor shakllarida ham uchraydi.
Chorsu mahallasida JAR sport majmuasi, Ichki ishlar vazirligi muzeyi, maktablar, bogʻchalar, koʻp qavatli turar joy binolari mavjud. 15-asrga oid meʼmoriy yodgorlik – Moʻyi muborak Ukkosha masjidi Chorsu mahallasida joylashgan.
Chegaralanishi
Chorsu mahallasi Beruniy, Samarqand Darvoza, Qoratosh hamda Laylitoʻgʻon koʻchalari oraligʻida joylashgan. Mahalla Beruniy hamda Samarqand Darvoza koʻchalari kesishgan joydan (Chorsu mehmonxonasi) Samarqand Darvoza koʻchasi boʻylab Qoratosh koʻchasigacha (Samarqand Darvoza SKMning diagonal qarama-qarshi tomoni), Qoratosh koʻchasi boʻylab Laylitoʻgʻon koʻchasigacha (Mumtoz toʻyxonasining qarama-qarshi tomoni), Laylitoʻgʻon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasigacha, Beruniy koʻchasi boʻylab Samarqand Darvoza koʻchasigacha boʻlgan hudud bilan chegaralanadi.
