Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Chalqar tumani — Oqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013)

Chalqar (tuman)

Chalqar tumani
qoz. Шалқар ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Chalqar
Asos solingan sanasi 1921-yil
Akim Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 45,513
Zichligi 0,7 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 62,200 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71335
Pochta indeksi 031200-031216
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://shalkar.aktobe.gov.kz/
Xaritada
Chalqar tumani xaritada
47°49′40″N 59°36′58″E / 47.82778°N 59.61611°E / 47.82778; 59.61611

Chalqar tumani — Oqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Chalqar shahri.

Iqlimi

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.

Aholi punktlari

66-temir yoʻl razyezdi, 67-temir yoʻl razyezdi, Begumbet, Birshoʻgʻir, Boyqadam, Boʻzoʻy, Esetota, Kengdola, Koʻpmoʻla, Munke Biy, Olabosh, Olaqoʻzi, Oqqaytim, Qo'tirtosh, Qonbaxtli, Qorabuloq, Qorashoʻqot, Qoratol, Qoratoʻgʻoy, Qoviljir, Qoʻpasoʻr, Qoʻpatoy, Qo‘rg‘onjar, Quyonquloq, Saridulak, Shilikti, Shoʻqisuv, Toldiqum, Toshbuloq, Tumolikoʻl, Ushquroy.

Ijtimoiy soha

Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda.

Yuqori