| „California Gurls“ | ||||
|---|---|---|---|---|
| | ||||
| Katy Perry (Snoop Dogg bilan hamkorlikda) singli | ||||
| Teenage Dream albomidan | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2010-yil 7-may | |||
| Format |
| |||
| Yozib olingan | 2009 | |||
| Studiya | Conway Recording Studios, (Hollywood, Kaliforniya) | |||
| Janr |
| |||
| Davomiyligi | 3:56 | |||
| Leybl | Capitol | |||
| Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| Katy Perry xronologiyasi | ||||
| ||||
„California Gurls“ — amerikalik xonanda Katy Perry hamda reper Snoop Dogg tomonidan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq Perryning Teenage Dream (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini Perry, Snoop Dogg, Bonnie McKee, Dr. Luke va Max Martin yozishgan. Perryning soʻzlariga koʻra, „California Gurls“ qoʻshigʻi Jay-Z va Alicia Keys hamkorlikda ijro etgan „Empire State of Mind“ (2009) qoʻshigʻi uchun javob qoʻshigʻidir.
„California Gurls“ ashulasi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Billboard Hot 100 chartida ketma-ket olti hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. AQShdan tashqari, yana yetti mamlakat chartlarida ham birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 2010-yili Kanadada yilning eng savdosi chaqqon qoʻshigʻi deb topilgan. Bundan tashqari, toʻqqiz mamlakatda platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Qoʻshiq uchun klip ham olingan boʻlib, unga Mathew Cullen rejissorlik qilgan. Klip 2010-yilning 15-iyunida omma eʼtiboriga havola etilgan. Klip voqealari „Candyfornia“ („Candy“ („Shirinlik“) va „California“ („Kaliforniya“) soʻzlari birlashmasi) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi.
2010-yilning 2-dekabrida qoʻshiq „Eng yaxshi pop hamkorligi“ nominatsiyasida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan.

Trek-list
- Digital download
- „California Gurls“ (Snoop Dogg bilan hamkorlikda) — 3:56
- CD single
- „California Gurls“ (featuring Snoop Dogg) — 3:56
- „Hot n Cold“ (Yelle Remix) — 4:07
- US digital download — remix EP
- „California Gurls“ (Armand Van Helden Remix) — 5:48
- „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix) — 4:27
- „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix) — 7:00
- UK digital download — remix EP
- „California Gurls“ (MSTRKRFT Main Mix) — 3:59
- „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix) — 4:27
- „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix) — 7:00
Chartlar
Haftalik
| Oylik
Yillik
Oʻn yillik
Hamma vaqt
|
- 2010-yil qoʻshiqlari
- 2010-yil singllari
- Katy Perry qoʻshiqlari
- Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar
- Ingliz tilidagi qoʻshiqlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar