Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sedrik Bakambu (fransuzcha: Cédric Bakambu; 1991-yil 11-aprelda tugʻilgan, Vitri-syur-Seyn, Fransiya) — kongolik futbolchi, Fransiyaning „Olimpik Marsel“ klubid

Cédric Bakambu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Cédric Bakambu
Bakambu in 2016
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cédric Bakambu
Tavallud sanasi 1991-yil 11-aprel (1991-04-11) (35 yosh)
Tavallud joyi Kigali, Ruanda
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Betis
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000–2006 Ivry
2006–2010 Sochaux

Sedrik Bakambu (fransuzcha: Cédric Bakambu; 1991-yil 11-aprelda tugʻilgan, Vitri-syur-Seyn, Fransiya) — kongolik futbolchi, Fransiyaning „Olimpik Marsel“ klubida hujumchi sifatida faoliyat olib boradi.

Futboldagi faoliyati

Sosho

Bakambu 2006-yildan beri „Sosho“ yoshlar jamoasida oʻynab kelmoqda. 2010-yilda u futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Fransiya kubogi finalida ishtirok etdi. U yerda „Sosho“ penaltilar seriyasida Metzga yutqazdi. Avvalroq yarim finalda Bakambu dubl qayd etgan edi. U 2010-yil 7-avgust kuni „Sosho“da „Arles-Avignon“ga qarshi ligada debyut qilgan. Bir oy oʻtgach, u oʻzining birinchi professional shartnomasini 3 yilga, 2013-yil iyunigacha imzolagan.

Bursaspor

2014-yil 1-sentyabrda u Turkiyaning „Bursaspor“ klubiga oʻtgan. 2014-yilning 13-sentyabr kuni yangi jamoasi safida debyut qilgan. „Genclerbirligi“ klubiga qarshi liga uchrashuvida 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. U ilk bor 2014-yil 23-sentyabrda „Beshiktosh“ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, biroq 69-daqiqada almashtirilgan. 2014-yil 19-oktyabrda „Eskishehirspor“ga qarshi o‘yinda birinchi va ikkinchi gollarni mos ravishda 32 va 53-daqiqalarda raqib darvozasiga kiritgan.

Villareal

2015-yilning 19-avgustida u 7,4 million yevro evaziga Ispaniyaning „Villareal“ klubiga o‘tdi. U 2015-yilning 24-avgustida „Real Betis“ga qarshi liga bahsida debyut qildi va 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2015-yilning 28-avgust kuni „Espanyol“ga qarshi o‘yinda „Villareal“ safidagi ilk dublini qayd etdi. 2016-yil 7-aprelda u Yevropa ligasida „ Sparta Praga“ darvozasiga ikkita gol kiritdi. Futbolchi oʻz jamoasi bilan 2017-yil 14-iyulda shartnomani 2022-yilgacha uzaytirishini taʼkidlab oʻtdi.

Pekin Guoan

2018-yilning 17-yanvarida Bakambu „Villareal“ bilan shartnomani bekor qilib, shartnomadagi tegishli variantni faollashtirdi . Xitoylik manbaga koʻra, chempionatda xorijlik futbolchilarga soliqni chetlab oʻtish uchun Pekin Guoan uchinchi tomon kompaniyasi xizmatiga murojaat qilgan. U Bakambuga „Villareal“ bilan opsiyadan foydalanishi uchun 40 million yevro ajratdi. Endi hujumchi erkin agent sifatida „Pekin Guoan“ bilan shartnoma imzolashi mumkin boʻladi va klub Xitoy futbol assotsiatsiyasiga xorijlik futbolchilar uchun 34 million yevro soliq toʻlamaydigan boʻldi.

Terma jamoadagi faoliyati

Fransiya yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan. U „Kamerun“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq 80-daqiqada almashtirilgan.

2019-yilning yozida Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida Sedrik oʻz terma jamoasiga chaqirildi . „Zimbabve“ga qarshi uchinchi oʻyinda u ikkita gol urdi va jamoa 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1/8 final o‘yinida uning „Madagaskar“ga qarshi o‘yinning 21-daqiqasida urgan goli terma jamoaga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga yo‘llashga yordam berdi, biroq penaltilar seriyasida jamoasi mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

Yutuqlari

„Bursaspor“

  • Turkiya Superkubogi: 2015-yil (finalchi)

„Pekin Guoan“

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi kubogi sohibi: 2018-yil

Statistikasi

Klub Mavsum Liga Kubok Xalqaro Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Socho 2009/10 0 0 0 0 — 0 0
2010/11 9 0 2 0 — 11 0
2011/12 21 3 2 0 — 23 3
2012/13 33 8 5 3 — 38 11
2013/14 27 7 4 0 — 31 7
Bursaspor 2014/15 23 13 12 8 — 35 21
2015/16 0 0 1 0 — 1 0
Villareal 2015/16 34 12 3 1 — 37 13
2016/17 26 11 1 1 — 27 12
Karyerada jami 173 54 30 13 0 0 203 67
Yuqori