Burun, tumshuq — quruqlikning okean, dengiz, koʻl akvatoriyasiga yondosh sohillarga nisbatan koʻproq turtib kirgan qismi. Qirgʻoq qanday jinslardan (tosh, qum va boshqalar) tarkib topganligiga qarab,burunlar tik koʻtarilgan, baland (Dejnyov b., Ayiqtogʻ b.), astasekin pasayib boradigan, tekis (Moʻynoq b.) boʻlishi mumkin. Burun baʼzan suv ostida ham davom etib, kema qatnovi uchun xavf tugʻdiradi. Tor muyulishi ham B. deyiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Geografik terminlar