Bulungʻur — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman (1973-yildan beri).Tuman markazi-Bulung‘ur shahri. Bulungʻurdan Samarqandgacha 31 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bulungʻur. Bulungʻurni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtadi. Dengiz sathidan 736 m balandlikda. Aholisi 23,5 ming kishi (2000). Bulungʻurda 7 sanoat korxonasi (vino, sut, gʻisht zavodlari), xalq isteʼmoli mollari, hunarmandchilik, uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik xususiy korxonalar, 69 ta umumiy o‘rta taʼlim maktabi, mehmonxona, kutubxonalar, xalq teatri, kasalxona, tugʻruqxona va boshqa bor.
Bulungʻur | |
|---|---|
| shahar | |
| 39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Samarqand viloyati |
| tuman | Bulungʻur tumani |
| Aholisi (2005) | 25 000 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |

