Boyovut | |
|---|---|
| shaharcha | |
| 40°16′56″N 69°01′06″E / 40.28222°N 69.01833°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Sirdaryo viloyati |
| tuman | Boyovut tumani |
| Maydon | 7.45 km2 (2.88 kv mi) |
| Aholisi | 100 000 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Boyovut (1961—91 yillarda Dmitrove) — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha, Boyovut tumanining markazi. Aholisi 13,8 ming kishidan ziyod (2000). 2025-yil holatiga koʻra, maydoni 745 ga. Boyovutda asosan oʻzbeklar istiqomat qilishadi, shuningdek oʻzbeklardan tashqari tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydilar. Boyovut tumani 1950-yillargacha oddiy qishloq maqomida boʻlib kelgan. Boyovutga 1961-yilda tuman maqomi berilib, Boyovut tumani tashkil topgan.
Boyovutda paxta tozalash zavodi, Madaniyat markazlari, don va un kombinati, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, tuman tashkilotlari idoralari va dehqon bozori bor. Shahar hududidan oʻtgan Janubiy Mirzachoʻl kanalining oʻng sohilida „Motamsaro ona“ yodgorligi oʻrnatilgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi, kutubxona, internat maktabi, kasbhunar litseyi, umumiy taʼlim maktablari, madaniyat va istirohat bogʻi Olmazor mahallasida Horijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab va boshqa koʻplab tashkilotlar aholi manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.
Ekologiyasi
Boyovut , Sirdaryoda Oʻzbekistonning boshqa hudulariga nisabatan daraxtlar sonining koʻpayishi 2000-yildan soʻng sezilarli oʻsgan: 2000-yildan 2020-yilgacha Boyovut hududi 56 gektarga turli xil koʻchatlar ekilgan, bu Sirdaryodagi daraxt qoplamining 24 foiziga teng. Hududlar kesimida hisoblanadigan boʻlsa: 1.Xovos:67 taga 2.Boyovut:56 taga 3.Sirdaryo:34 taga 4.Guliston:31 taga 5.Sharof Rashidov:24 taga teng.
- Oʻzbekiston geografiyasiga oid chala maqolalar
- Boyovut tumani
- Sirdaryo viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari

