Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ — Oʻzbekistonning sur tuproq mintaqasi va sahro zonasida tarqalgan tuproq. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxon va boshqa dare

Botqoqi-oʻtloqi tuproq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ — Oʻzbekistonning sur tuproq mintaqasi va sahro zonasida tarqalgan tuproq. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxon va boshqa dare vodiylarida hamda Sux, Isfara, Margilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soy va kichik daryolarning qayirlaridagi pastqam joylarda, yaʼni yer osti suvi yuza joylashgan qismida uchraydi. Bu pastqamliklar odatda mexanik tarkibi jihatdan ancha ogʻir yotqiziqlardan iborat. Ularda botqoqi va oʻtloqi tuproqlarning belgilari mujassamlashgani uchun bu tuproqlarga botqoq tuproqlardan oʻtloqi tuproqlarga oʻtuvchi bosqich deb qaraladi, ikki tuproq tipi oʻrtasi esa yupqa qatlamcha hisoblanadi. B.oʻ. t.ning yuqori qavatida oʻtloqi tuproqqa xos chim qatlami mavjud. Bu qatlamda gleyli qatlam paydo boʻlish jarayoni ham kechadi. Bu esa botqoq tuproqning belgisidir. Shu ikki xil jarayonning vujudga kelishida yer osti suvi asosiy roʻl oʻynaydi. Yer osti suvi yuza joylashgan davrda botqoqi tuproq hosil boʻlish jarayoni, uning sathi pasaygan vaqtda oʻtloqi tuproq hosil boʻlish jarayoni kechadi. B.oʻ. t. morfologik belgilari jihatidan qatqatligi, yuqori qatlami yaxshi chimlanganligi va chimli chirindili qatlami hamda uning ostida uchraydigan gleyli qavatning mavjudligi bilan ajraladi. Bu tuproq daryo qayirlarida tarqalgan boshqa tuproqlarga nisbatan chirindiga boy. Masalan, chirindi Chirchiq daryosi boʻyida tarqalgan Botqoqi-oʻtloqi tuproq t.ning yuqorigi 10 sm li qatlamida 5,5% ga yaqin boʻlgani holda, keyingi 10—20 sm qatlamida, 1,1% va 35—45 sm li qatlamida 0,5% ni tashkil qiladi. Botqoqi-oʻtloqi tuproqlarning soz oʻtloqi tuproqlardan farqi ham ana shunda. B.oʻ.t. respublikadagi ekin ekilayotgan tuproqlar ichida eng donador va chirindiga boy, serunum hisoblanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Yuqori