Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Boboyi Samosiy (arabcha: الجد ساموسي — Boboyi Samosiy — Toʻliq ismi: Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri 1354-yil)) — soʻfiy.

Boboyi Samosiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boboyi Samosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy

Boboyi Samosiy (arabcha: الجد ساموسي — Boboyi Samosiy — Toʻliq ismi: Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri 1354-yil)) — soʻfiy.

Hayoti

Samosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻi — 1354) — xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, Buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shugʻullanishni topshirgan. S. bogʻbonlik bilan kun kechirgan. S. kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega boʻlgan, deydilar. S. tugʻilgan qishlogʻida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida taʼmirlangan.

Adabiyot

  • Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T.,2003.
Yuqori