- Vikipediyada ismi Boʻri va familiyasi Safarova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Boʻri Safarova | |
|---|---|
| Tavalludi | 1906-yil |
| Vafoti | Nomaʼlum |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
| Unvoni | |
| Mukofotlari | |
Boʻri Safarova (1906-yil, Dam qishlogʻi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1958), KPSS a'zosi (1958).
Tarjimayi holi
1906-yili Chiroqchi tumani Dam qishlogʻida tavallud topgan. 1929—1950-yillari Chiroqchi tumanidagi Oxunboboyev nomli kolxozda kolxozchi, 1950—1964-yillarda shu kolxozning brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Boʻri Safarova boshchiligida brigadada 105 gektar maydonning har bir gektaridan 47 sentner (1957) paxta yetishtirilgan. 1955—1959-yillarda 4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1965-yilda pensiyaga chiqqan.
Adabiyotlar
- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Buxoro amirligida tugʻilganlar
- Chiroqchi tumanida tugʻilganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- 1906-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston paxtakorlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar