Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Boʻri Ahmedov (1914, Sherobod tumani — 1981, Oltinsoy tumani) — oʻzbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining asoschilaridan biri — Shernaning oʻgʻ

Boʻri Ahmedov

Vikipediyada ismi Boʻri va familiyasi Ahmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Boʻri Ahmedov (1914, Sherobod tumani — 1981, Oltinsoy tumani) — oʻzbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining asoschilaridan biri — Shernaning oʻgʻli Normurod baxshining shogirdi. Undan „Alpomish“, „Oyparcha“, „Yusuf bilan Ahmad“, „Ollonazar Olchinbek“, „Avazxon“, „Nurali“ kabi dostonlarni oʻrgangan. Uzoq yillar Tojikistonda yashadi va oʻqituvchilik qildi. Undan „Alpomish“, „Nuralining yutilishi“, „Sanam gavhar“ kabi dostonlar yozib olingan. „Nuralining yutilishi“ dostoni nashr etilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yuqori