Bayot, bayotlar — qadimgi oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9-X asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. XVI asr boshida shimoliy turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. XX asrda turkman, ozarbayjon, oʻzbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920-yilda Oʻzbekistonda (Qorakoʻl tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924-yillarda Turkmanistonda 10,5 ming Bayot roʻyxatga olingan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Millatlar
- Turkiy xalqlar