Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baxadir Yangibaevich Yangibaev (1960-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida tugʻilgan) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (2006

Baxadir Yangibayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yangibaev Baxadir Yangibaevich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
2006-yil  2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tursinbay Tanirbergenov
Vorisi Qahramon Sariyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1960-yil 25-avgust (1960-08-25) (65 yosh)
Beruniy tumani
Mukofotlari

Baxadir Yangibaevich Yangibaev (1960-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida tugʻilgan) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (2006-2017).

Biografiyasi

Taʼlim

Malumoti oliy. Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi, iqtisodchi.

Mehnat faoliyati

2006-yildan 2017-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi. Ish faoliyatini Beruniy yoʻl tamirlash va qurilish boshqarmasi ustasidan boshlagan. 1982—1993-yillarda yoshlar va partiya qoʻmitalarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 1993-yildan 1995-yilgacha Aksiyadorlik-tijorat "Tadbirkorbanki" Qoraqalpogʻiston boʻlimining kadrlar boʻyicha inspektori, iqtisodiy-tahlil boʻlimi boshligʻi, 1995—1996-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yordamchisi, 1996-yildan 1999-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Qoraqalpogʻiston boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat "Gʻallabanki"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali boshqaruvchisi, 2002-yildan 2006-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, 2006—2017-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi vazifalarida faoliyat olib borgan. 2017-yildan - Shumanay tumani hokimi.

Mukofotlari

Baxadir Yangiboyev Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

Yuqori