Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Baltogʻlu Sulaymon (turkcha: Baltaoğlu Süleyman yoki Süleyman Baltaoğlu) XV asrda yashagan, kelib chiqishi bolgarlardan boʻlgan Usmoniylar imperiyasi admirali.

Baltaoğlu Süleyman

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baltogʻlu Sulaymon (turkcha: Baltaoğlu Süleyman yoki Süleyman Baltaoğlu) XV asrda yashagan, kelib chiqishi bolgarlardan boʻlgan Usmoniylar imperiyasi admirali. 1453-yilda Konstantinopolning soʻnggi qamali vaqtida Usmoniylar flotini Vizantiya imperiyasiga qarshi boshqargan. Baltogʻlu Sulaymon qancha urinmasin, 4 ta nasroniy kemasi Oltin shoxga kirib kelishga muvaffaq boʻlgan va oʻrtada dengiz jangi yuz bergan. Sulton Mehmed II bu jangdagi magʻlubiyatdan shu darajada gʻazablanganki, Baltogʻluga baqirib, uni qattiq koyigan. Jang tugagach, Baltogʻlu Mehmed II ning huzuriga keltirilgan va sulton darhol uni qatl qilishni buyurgan. Biroq Baltogʻluning qoʻl ostidagi kishilar uning jang davomida koʻrsatgan katta jasorati (uning koʻzida jarohati bor edi) haqida gapirib berganlaridan soʻng sulton uni afv qilgan. Biroq u barcha boyliklari va unvonlaridan mahrum qilingan va uning mol-mulki yanicharlarga taqsimlab berilgan.

Yuqori